23 avg 09:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Kanelo: "So'nggi janglarda yaxshi holatda emasdim, lekin CHarloga tayyor bo'laman"
Ikkinchi o'rta vazn toifasining mutlaq chempioni Saul Alvares tanqidlarga javob berdi.
"Ko'ramiz, pasayib ketayotganim to'g'ri bo'lib chiqarmikin. Odamlar nima haqida gapirishayotganligini tushunyapman, bunga qo'shilaman. Men so'nggi ikki jangimda yaxshi holatda emasdim, lekin buning sababini bilaman. Oldinda turgan CHarloga qarshi jangga tayyor bo'laman. Ko'ramiz, nima bo'lar ekan?
Ringdan tashqarida oddiy raqibdek ko'rinaman. Ammo ringda men bilan to'qnash kelish umuman boshqacha bo'ladi. Jangimni kuzatish ham. Men boshqachaman. Har doimgidek nimalarga qodir ekanligimni isbotlamoqchiman", - dedi Alvares.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar