21 apr 09:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Kaneloning Bivoldan keyingi raqibi kim bo'ladi?
Mutlaq jahon chempioni Saul Alvares Dmitriy Bivol bilan jangdan so'ng sentyabr va dekabr oylarida ringga ko'tarilmoqchi.
Kaneloga kuzda katta ehtimol bilan Gennadiy Golovkin raqiblik qiladi. Dekabr oyidagi jangda esa unga kim raqiblik qilishini Eddi Xirn aytib o'tdi:
"Saul dekabr oyida Londonda jang qilishni xohlaydi. Bizda u uchun yarimog'ir vazn va supero'rta vaznda majburiy davogarlar bor: Jon Rayder yoki Joshua Butsi - Kreyg Richard jangi g'olibi", - dedi promouter.
Kanelo — Bivol jangi 7 may kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar