27 noy 19:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Kaneloning murabbiyi Golovkin bilan trilogiya istagini bildirdi
Supero'rta vazn toifasining mutlaq jahon chempioni Saul Alvaresning murabbiyi Eddi Reynoso shogirdining Gennadiy Golovkin bilan trilogiyasi haqida gapirdi.
"Ko'ramiz, birinchi og'ir vazn toifasiga o'tganidan so'ng Kanelo yana supero'rta vazn toifasiga qayta olarmikin. Biz tepaga-pastga ko'rinishida harakat qilamiz. Ahir bu intizomli jangchining ustunliklaridan biri.
Golovkin bilan jangni Mexikoda yoki Gvadelaxarada tashkil etish istagim bor. Ishonamanki, Golovkin bilan uchinchi jang uchun imkon bo'ladi. Gennadiyning javobini bilish kerak.
U dekabrda Murata bilan jang qiladi. Ana shundan keyin nimadir tashki etish haqida gapirsa bo'ladi. Bu qiyin, ammo o'xshashiga umid qilamiz", - dedi murabbiy.
Havola :
Manba : Boxingnews24
Fikrlar