05 avg 16:21
Yangiliklar
Futbol
Kannavaro: "Judayam kuchli top terma jamoa bilan muzokara olib boryapmiz"
O'FA majlislar zalida O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.
“O'FAdan har doim kuchli terma jamoalarga qarshi bahslar tashkil etishni so'rayman. FIFA kunlarida aynan shunday jamoalarga qarshi uchrashuvlar kutib turibdi. Aynan shunday jamoalarga qarshi o'yinlarda o'z darajangizni oshirishingiz mumkin. FIFA reytingi ham muhim, ochkolar olish kerak. Ammo asosiy maqsadimiz terma jamoani kuchaytirish bo'lishi kerak. Biz Janubiy Koreya terma jamoasi bilan o'ynaymiz, O'zbekistonda Eronga qarshi o'ynash uchun muzokaralar o'tkazyapmiz. Judayam kuchli top terma jamoa bilan muzokara olib boryapmiz. Noyabrda ham bizni yaxshi o'rtoqlik bahslari kutib turibdi” - dedi Kannavaro.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar