17 noy 15:26
Yangiliklar
Kanzasdagi boks kechasi ishtirokchilari taroziga chiqishdi, ulardan biri 143 kg tosh bosdi
DAZN boks oqshomining qiziqarli janglaridan birida amerikalik superog'ir vazn toifasidagi bokschi Jarrell Miller Bogdan Dinga qarshi ringga ko'tariladi. Miller 143, uning raqibi 108 kg tosh bosdi. G'olib bokschi vaqtinchalik WBA-NABA hamda vakant bo'lib qolgan WBO NABO chempionlik kamarini qo'lga kiritadi.
Ayollar o'rtasida o'rta vaznda WBA va IBF yo'nalishlari chempioni Klarissa SHilds (72,4 kg) Xanna Renkindan (71,9 kg) o'z kamarlarini himoya qiladi. Ushbu jangda vakant bo'lib qolgan WBC chempionlik kamari ham o'rtaga qo'yiladi. Ushbu kamar germaniyalik Kristin Xammerga tegishli edi. Xammerda hozir WBO kamari bor.
Aslida ertaga SHilds va Xammer multoq jahon chempionligi uchun o'zaro jang o'tkazishlari kerak edi. Lekin Xammer tibbiy tekshiruv xulosalariga ko'ra jangda ishtirok eta olmasligini malum qildi. Bu jang endi kelasi yilning bahorida bo'lib o'tadi.
Fikrlar