So’nggi yangiliklar

10:03Муроджон Аҳмадалиев Наоя Иноуэдан реванш олишига ишонмоқда 0 09:26"Ал Насср" ОФКдан "Ал Васл"га техник мағлубият ёзишни талаб қилмоқда 0 09:00Жавоҳир Синдаров — Clutch Chess: Champions Showdown 2026 чемпиони! 0 08:31Стрикленд - Имавов реванш жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 07:46Баҳодир Жалолов IBA President's Cup турнирида иштирок этади(ми?) 0 07:09Таниқли боксчи Эдгар Берланга Флоридада ҳибсга олинди 0 23:16Россия чемпионати тўпурари Ўзбекистонга қарши ўйинда иштирок этишдан бош тортди 0 22:45"Сизни қон кутмоқда". Адесанья UFC’даги навбатдаги жанги учун шартнома имзолаганини эълон қилди 0 22:04Конор Макгрегорнинг мураббийи шогирдининг жангларга қайтиш эҳтимолини баҳолади 0 21:30АCА 209: Холмурод Нурматов ва Саидёқуб Қаҳрамонов иштирокидаги турнирнинг тўлиқ карди билан танишинг 0 20:56МЮ ҳужумчиси йил охиригача сафдан чиқди 0 20:13UFC 334 чемпионлик жангининг захира иштирокчиси эълон қилинди 0 19:32Guangzhou Open. Кудерметова ва Тимофеева жуфтликда 1/4 финалга чиқди 0 18:57Махачевнинг мураббийи Исламнинг ММАдан кетишидан олдин кимлар билан жанг қилишини кўришни исташини ошкор қилди 0 18:21Англия Лига кубоги 1/4 финал қуръаси натижалари маълум бўлди 0

18 okt 22:06
Yangiliklar

Karate

Karate bo'yicha O'zbekiston kubogida yuz bergan holat yuzasidan rasmiy malumot berildi

Teglar :  Karate
2019 yil 16 oktyabr kuni soat taxminan 17:00larda Toshkent shahridagi “Universal” sport saroyida bo'lib o'tayotgan karate bo'yicha o'smirlar, yoshlar va kattalar o'rtasidagi O'zbekiston kubogi musobaqasida nizoli holat kelib chiqqan.

Unda musobaqa hakami Bo'riev Azizbek Eshboevich, Toshkent viloyati “CHempion” karate sport klubi treneri Yusupov Dilshod Marupovich hamda Surxondaryo viloyati karate milliy federaciyasi treneri Ismatullaev Abdulaziz Inoyatullaevichlar o'rtasida musobaqa yakuniy natijasi yuzasidan o'zaro tortishuv kelib chiqqan. Mazkur kelishmovchilik oqibatida biron bir shaxs tan jarohati olmagan. Ushbu holat yuzasidan O'zbekiston karate milliy federaciyasi rayosati yuqoridagi sport mutaxassislariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinladi.

Tekshiruv yakuni yuzasidan O'zbekiston karate milliy federaciyasi hakami Bo'riev A.E.ni ikki yilga hakamlik ish faoliyatidan chetlashtirish, Surxondaryo viloyat karate milliy federaciyasi treneri Ismatullaev A.I.ni uch yilga va Toshkent viloyati “CHempion” karate sport klubi treneri Yusupov D.M.ni ikki yilga trenerlik faoliyatidan chetlashtirish haqida qaror qabul qilindi. Musobaqa bosh hakami Qoraboev Qosimjon Hoshimovichga esa hayfsan elon qilindi.

O'z navbatida O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mazkur holat ishtirokchisi, karate bo'yicha O'zbekiston o'smirlar milliy terma jamoasi katta treneri hamda oliy toifali trener (2018 yil 19 noyabrdagi 985-sonli buyruq, guvohnoma raqami #0158) Bo'riev A.E. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 14 iyundagi 173-son qarori bilan tasdiqlangan Sport terma jamoalari to'g'risidagi nizomga ko'ra manaviy-axloqiy va boshqa normalarni buzganligi sababli milliy terma jamoa tarkibidan chiqarildi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mazkur holatni o'z nazoratiga olgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

   
18 okt 22:10:07
Bobonur Nurmatov
Yana yopti yopti buptide
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing