01 okt 08:36
Yangiliklar
Karate bo'yicha O'zbekiston kubogining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi + FOTO
O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti manejida bo'lib o'tayotgan musobaqaning tantanali ochilish marosimi o'tkazildi.
Tadbirda Sportni rivojlantirish vazirining o'rinbosari Abdulla Aslonov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo'mita raisi o'rinbosarlari Ravshan Irmatov va SHerzod Tashmatov, Milliy Paralimpiya qo'mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev, Rashid Talipov boshchiligidagi O'zbekiston karate WKF federaciyasi mutasaddilari ishtirok etishdi.
Marosimda so'zga chiqqan Abdulla Aslonov va Rashid Talipov karatening mamlakatimizda tobora ommalashib borayotgani, mazkur musobaqa dekabr oyida Toshkentda o'tadigan Osiyo chempionati va kelasi yil Xanchjou shahri mezbonlik qiladigan Osiyo o'yinlari uchun terma jamoa tarkibini shakllantirib olish yo'lidagi muhim musobaqa bo'lishini takidlashdi.
Eslatib o'tamiz, 2 oktyabrgacha davom etadigan ushbu turnir barcha yosh toifalarida kata va kumite dasturlarida o'tkazilib, unda 1600 nafardan ortiq sportchi g'oliblik uchun bahs olib bormoqda.
Fikrlar