So’nggi yangiliklar

19:18Сехудо Двалишвилидан устун келди. RAF 12 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 18:26Теофимо Лопес Роландо Ромерони мағлуб этиб, фаолиятидаги учинчи WBA чемпионлик унвонини қўлга киритди 0 17:33Ҳамза Абдулкарим "Барселона"дан яхшиланган шартнома олади 0 16:3013 та жангдан 10 таси муддатидан аввал якунланган UFC Sacramento турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 15:50Анвар Анваров Швейцариядаги "Бриллиант Лига" босқичида иштирок этди 0 14:25Баҳодир Жалолов ва Бектемир Мелиқўзиев Осиё ўйинларига борадими? 0 13:35Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Испания ва Уругвай билан ўйнайди 0 13:08Ёш дзюдочиларимиз жаҳон чемпионатини кучли учликда якунлашди 0 12:32Тошкент шаҳри мезбонлик қиладиган 2027 йилги Жаҳон чемпионати логотипи эълон қилинди 0 11:14Александр Усик Бивол ва Бетербиевни тилга олмаган ҳолда дунёнинг энг яхши 5 нафар боксчисини айтди 0 10:34"Бавария" "Боруссия"ни мағлуб этиб, 2026 йилги Германия Суперкубоги эгасига айланди 0 00:46Хотамбек Бойназаров иштирокидаги Mangu 4 асосий жанги биринчи раундда якунланди 0 00:23Mangu 4: Нодирбек Ахатжонов турнирнинг иккинчи асосий жангида октагонга чиқди 0 19:07Исроил Мадримов Президент томонидан давлат мукофоти билан тақдирланди 0 18:33Мунира Абдуллаева Жаҳон чемпионатида юртимиз шарафини ҳимоя қилади 0

07 fev 17:03
Yangiliklar

Karate

Karate. Franciyalik mutaxassis ishtirokida master-klass o'tkazilmoqda

Teglar :  Karate
Bugun sportning karate turi dunyoda tobora ommalashib bormoqda.

Bu jarayonda ushbu sport turi 2020 yili Tokioda o'tkaziladigan Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilgani ham muhim omil bo'lmoqda.

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda O'zbekiston karate Milliy federaciyasi tomonidan ushbu sport turini yanada rivojlantirish va aholi orasida keng ommalashtirish yo'lida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Sir emaski, yosh avlod orasida sportga qiziqishni oshirishda jahon yulduzlari bilan uchrashuvlar, ular ishtirokidagi master-klasslar katta ahamiyatga ega. SHu munosabat bilan O'zbekiston karate Milliy federaciyasi rahbariyatining taklifiga ko'ra franciyalik taniqli mutaxassis Xasin Xaddad yurtimizga keldi.

Arab millatiga mansub Xaddad Franciyada tug'ilib o'sgan. Sportchi sifatida ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritgan, murabbiylik faoliyatini boshlagach esa bir qator Evropa va jahon chempionlarini voyaga etkazgan malakali mutaxassis bugungi kunda Jahon karate federaciyasida yo'riqchi (instruktor) bo'lib ishlamoqda.

Faxriy mehmon kecha tunda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi. Rejaga ko'ra u yurtimizda milliy terma jamoa azolari hamda yosh, iqtidorli karatechilar uchun master-klasslar o'tkazadi.

Xasin Xaddad bugunning o'zidayoq eng shimarib ishga kirishdi. U kunning birinchi yarmida poytaxtimizdagi O'zbekiston dzyudo federaciyasi sport markazida mamlakatimizning eng iqtidorli karatechilari ishtirokida mashg'ulotlarni boshlab yubordi.

Yaqinda Franciyada o'tkazilgan nufuzli turnirda janob Xaddad sportchilarimizning chiqishlarini o'z ko'zi bilan ko'rib, ularning salohiyatiga yuqori baho berdi. Faqat ayrim texnik kamchiliklar sportchilarimizga imkoniyatlarini to'liq namoyon etishga to'sqinlik qilayotganligini takidlab, iloji bo'lsa o'zbekistonlik sportchilar bilan ishlab, ularga o'z bilim va tajribalarini o'rgatishga tayyor ekanligini ham bildirdi. Muzokaralar natijasida franciyalik taniqli mutaxassisni O'zbekistonga olib kelishga muvaffaq bo'ldik. Umid qilamanki, Xasin Xaddad ishtirokida o'tkaziladigan mashg'ulotlar yurtimiz sportchilarining mahoratlarini yanada oshishiga xizmat qiladi, – dedi O'zbekiston karate Milliy federaciyasi prezidenti Alamjon Mullaev.

Mashg'ulotlar yakuniga etgach, franciyalik mutaxassisga O'zbekiston karate milliy federaciyasi prezidenti A.Mullaev hamda vice-prezident K.Odilovlar tomonidan milliy to'n va do'ppi taqdim etildi.

Rejaga muvofiq, bugun kunning ikkinchi yarmida janob Xaddad Milliy Olimpiya qo'mitasiga tashrif buyuradi. SHu o'rinda takidlash joiz, O'zbekiston karate Milliy federaciyasi oldiga 2020 yili Yaponiyaning Tokio shahrida o'tkaziladigan navbatdagi yozgi Olimpiya o'yinlarida munosib ishtirok etish vazifasi qo'yilgan. Bu kabi say-harakatlar esa ushbu ezgu maqsadni ro'yobga chiqarishda muhim omil bo'lishiga shubha yo'q.


Karate (1).jpg


Karate (3).jpg

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing