28 dek 15:22
Yangiliklar
Karate. Hilola Badalova Markaziy Osiyo chempionatida sovrindor bo'ldi
O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi, SHarq yakkakurashlari va jang sanatlarini rivojlantirish markazi hamda Milliy karate federaciyasi tomonidan o'tkazilgan chempionatda O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Eron va Afg'oniston sportchilari qatnashdi.
Turli yosh toifalarida o'tgan bahslarda SH.Boymuhamedov, F.Ahmadjonov, A.Usmonov, M.Xo'jaqulov, I.Sattorov, H.Badalova, N.Murtazoeva, M.Yangiboeva, G.Joldasova, B.Egamberdieva, O.Solieva, N.Tohirova kabi istedodli karatechilarimiz oltin medalni qo'lga kiritdi.
– CHempionat g'oliblari safidan joy olganimdan xursandman, – deydi turnir sovrindorlaridan biri Bonu Egamberdieva. – Maqsadim – kelgusi yilgi sport musobaqalarida ham muvaffaqiyatli qatnashib, tajribamni yanada oshirishdir.
Fikrlar