19 iyu 14:22
Yangiliklar
Karate
Karate. Ikki karatechimiz Osiyo chempionatining finaliga yo'l oldi
Toshkent shahrida karate bo'yicha Osiyo chempionati boshlandi.
Bugun bir necha vazn toifalarida janglar o'tkazilmoqda. Quvonarlisi, ayollar o'rtasida -50 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Bahriniso Babaeva musobaqa davomida Qozog'iston, Filippin va Xitoy Taypeyi vakillarini mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi. Endi u oltin medal uchun yaponiyalik Mixo Miyaxaraga qarshi tatamiga chiqadi. Final jangi ertaga tashkil etiladi.
-55 kg vaznli karatechimiz Sevinch Rahimova esa Osiyo chempionati davomida Iordaniya, Makao, Qirg'iziston hamda Malayziya vakillarini mag'lub etib, finalga yo'l oldi. Endi u ertaga oltin medal uchun eronlik karatechiga qarshi jang qiladi
O'zbekiston karate Milliy federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar