So’nggi yangiliklar

21:31CAFA Nations Cup-2025: Терма жамоамиз Туркманистонни мағлуб этди 0 19:39Мэнни Пакьяонинг кейинги жанги ҳам камар учун бўлиши мумкин 0 19:17Ўзбекистон сафидаги франциялик триатлончи Куиндос Осиё чемпионатида совриндор бўлди 0 18:55"16 ноябрда дам оламан". Махачев асосий эътиборини Делла Маддаленага қарши жангга қаратганини айтди 0 18:34Расман: Доннарумма – "Манчестер Сити" янги дарвозабони! 0 18:11ФИДЕ рейтинги янгиланди: Нодирбек Абдусатторов энди кучли ўнликда эмас 0 17:50Гулистон мезбонлик қиладиган ATFC 23 турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 17:29Боксчиларимизнинг Ливерпулдаги Жаҳон чемпионати учун таркиби расман эълон қилинди 0 17:17Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин 0 16:52Менеджер Арман Царукяннинг UFC’даги эҳтимолий рақибини айтди 0 16:28Ислам Махачев UFC`да суперюлдузлар йўқлигини изоҳлади 0 16:07Белбоғли кураш дунё бўйлаб қулоч ёзмоқда 0 15:46"Ньюкасл" 63,5 млн евро эвазига ҳужумчи сотиб олди 0 15:25Рамазон Темировнинг вазнида муҳим рейтинг жанги эълон қилинди 0 15:04Пара велоспортчиларимиз Жаҳон чемпионатида Осиё жамоалари орасидаги энг яхши натижани қайд этди 0

07 apr 16:20
Yangiliklar

Karate

Karate. Ikki nafar sportchimiz Marokashdagi "Premier League" musobaqasining finaliga chiqdi

Marokashning Rabot shahrida karate bo'yicha nufuzli "Premier League" musobaqasi bo'lib o'tmoqda. Ushbu turnirning erkaklar o'rtasidagi bahslarida ikki nafar sportchimiz ishtirok etmoqda.

Etiborlisi, ularning har ikkisi ham hozircha barcha bellashuvlarni o'z foydalariga hal qilib, finalgacha etib kelishdi.

-60kg vazn toifasida janglarda ishtirok etgan Sadriddin Saymatov SHveycariya, Franciya, Qozog'iston va Tunis davlatlaridan tashrif buyurgan sportchilarni mag'lubiyatga uchratib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Endi Saymatov oltin medal uchun turkiyalik Aykut Kayaga qarshi jang qiladi.

-75kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Dostonbek Otabolaev CHili, Latviya, Vengriya, Franciya vakillaridan ustun keldi. Hal qiluvchi bahsda Dostonbek besh karra jahon chempioni hisoblangan ozarbayjonlik Rafael Agaevga qarshi bahs yuritadi.

Ayollar o'rtasidagi bahslarda Bahriniso Babaeva ilk jangida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Yana bir sportchimiz Barno Mirzaeva esa hali turnirdagi ishtirokini boshlamadi.

SHuni alohida qayd etib o'tishimiz lozimki, bugungi kungacha "Premier League" musobaqalarida xech qachon bitta turnirda birdaniga ikki nafar karatechimiz final yo'llanmasini qo'lga kiritmagandi. Oltin medal taqdiri hal bo'ladigan ertangi bellashuvlarda vakillarimizga omad tilaymiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing