So’nggi yangiliklar

13:57Жейк Пол - Жервонта Дэвис жанги ғолиби нокаут ҳолатида катта бонусга эга бўлади 0 13:36"Барселона" АҚШдаги ўйини бекор бўлганига баёнот берди 0 13:15Ўзбекистонлик спортчи бразилиялик собиқ UFC жангчиси билан тўқнаш келади + ПОСТЕР 0 12:54Макс Холлоуэй: "Қўлқопсиз жанг - бу дунёдаги энг аҳмоқона нарса" 0 12:33Мария Тимофеева: "Ўзбекистон шарафини ҳимоя қилишдан фахрланаман" 0 12:12Расмий хабар: Ўзбекистон ноябрь ойида Миср билан ўйнайди 0 11:51Хабиб Нурмагомедов UFC 321 турнирида секундант сифатида иштирок этади 0 11:26Ўзбекистонлик триатлончи илк марта катталар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида қатнашди 0 11:02Эдди Хирн Ганада проф бокс оқшомини ташкил этади 0 10:39ОЧЛ 2. Бугун "Андижон"га мухлислик қиламиз 0 10:18Яна бир ММАчимиз Octagon 80 турнирида жанг қилади (ПОСТЕР) 0 09:52Мария Тимофеева Ўзбекистон учун илк ўйинини ўтказди 0 09:26GFC 18 турнирида жанг қилиши айтилган Фурқатбек Ёқубов рақибсиз қолди (ФОТО) 0 09:05Sofascore. Йирик ҳисобда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди? 0 08:30Хамзат Чимаев чемпион бўлиб турган вазн рейтингида жиддий ўзгаришлар бўлди 0

27 apr 15:30
Yangiliklar

Karate

Karate. Jamoamiz Osiyo chempionatida ikkinchi bo'ldi

Teglar :  Karate
Poytaxtimizdagi “O'zbekiston” sport saroyida klublar o'rtasida o'tkazilgan Osiyo chempionati yakuniga etdi.

Ikkinchi marotaba o'tkazilgan mazkur musobaqada qitaning yigirmaga yaqin davlatidan kelgan 450 nafar sportchi g'oliblik uchun kurash olib bordilar.

Jumladan, jamoaviy kumite (yakkama-yakka kurash) bo'yicha xotin-qizlar o'rtasida bo'lib o'tgan musobaqada oltin medalga sazovor bo'lgan vakillarimiz, kata (ko'rgazmali chiqish) bahslarida bronza medali bilan taqdirlandilar. Erkaklar o'rtasidagi jamoaviy kumite bahslarida esa terma jamoamiz kumush medal sovrindori bo'ldi. 

Quvonarlisi, hamyurtlarimiz shaxsiy hisobda bo'lib o'tgan musobaqalarda ham ko'plab medallarni qo'lga kiritdilar. Bu ham o'z navbatida sportning ushbu turi mamlakatimizda yildan-yilga rivojlanib borayotganligidan dalolat beradi.

 SHu tariqa, o'ta murosasiz kurashlarga boy kechgan klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egalladi. Birinchi o'rinni Eron terma jamoasi band etgan bo'lsa, uchinchi o'rin Qozog'iston vakillariga nasib etdi.

SHavkat Jalilov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing