21 dek 18:12
Yangiliklar
Karate. O'zbekistonda hindistonlik sportchi va murabbiylar uchun master-klass tashkil etib berildi
SHu sababdan ham qitamizning ko'plab mamlakatlari karatechilarimiz, sportchilar bilan tajriba almashish, birgalikda o'quv-mashg'ulot yig'inlari tashkil etish istagini bildiradilar. 20-21 dekabr kunlari poytaxtimizda hindistonlik karatechilar uchun mahorat saboqlari tashkil etildi. Ikki kun davomida O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi O'ktam Bekpo'latov Hindistondan tashrif buyurgan karatechilar va ularning murabbiylariga mahorat darslarini o'tib berdi. Mazkur yig'in orqali sportchilar 2019 yilgi A Seriya, Premer-liga musobaqalari oldidan o'ziga xos tajriba to'pladilar desak mubolag'a bo'lmaydi.
Tashrif davomida mehmonlar O'zbekiston karate Milliy federaciyasi raisi Alamjon Mullaev bilan uchrashib, o'zaro hamkorlikni kuchaytirish, karateni yanada rivojlantirish va boshqa masalalarni muhokama qilishdi. Tomonlar yana uch oydan so'ng Toshkent shahrida navbatdagi mahorat saboqlarini qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish bo'yicha kelishib oldilar.
Eslatib o'tamiz, 2020 yilgi Olimpiya o'yinlarida ilk marotaba karate bo'yicha musobaqalar tashkil qilinadi.
Fikrlar