So’nggi yangiliklar

09:14Саудия Арабистон чемпионати. "Ал Ҳилол" мавсумдаги илк мағлубиятини қабул қилди + ВИДЕО 0 08:53Дэвис Кубоги. Янник Синнер Италияни финалга олиб чиқди 0 08:32Хабиб Нурмагомедов Конорнинг судда айбли деб топилишига кескин муносабат билдирди 0 08:11Чавандозларимиз Ал Айн турнирида муваффақиятли қатнашишяпти 0 07:50Вигода 84-дақиқагача икки тўп фарқи билан ютаётган "Барселона" очко йўқотди 0 07:29UFC Fight Night 248 турнирининг бонуслар кимларга насиб қилди? 0 07:08Улан-Баторда миллий спортимиз кураш бўйича жаҳон чемпионати ўтказилади 0 20:01Аспиналл янги жанг борасида музокара кетаётганини айтди 0 19:40"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби! 0 19:25Петр Ян Дейвисон Фигейредога қарши! UFC Макао турнирининг барча натижалари битта саҳифада! 0 19:19Петр Ян ва Дейвисон Фигейредо жанги тўлиқ давом этди 0 18:32UFC Макао. Co main event жанги тўлиқ давом этди 0 17:56Муслим Салиховнинг UFC Макао турниридаги жанги биринчи раунддаёқ якунланди 0 17:25Богдан Гусковнинг собиқ рақиби Волкан Оздемир UFC Макаода жанг қилди 0 17:09Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти" 0

21 jan 19:37
Yangiliklar

Karate

Karate WKF bo'yicha milliy terma jamoada vaziyat qanday? Vazirlikda o'tgan yig'ilishda aynan shu masala muhokama qilindi

Teglar :  Karate
So'nggi paytlarda karate WKF bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi atrofida bo'layotgan voqealar nafaqat sport jamoatchiligi, balki ko'plab hamyurtlarimiz orasida katta muhokamalarga sabab bo'lmoqda.

Yuzaga kelayotgan muammoning sababini aniqlash, unga echim topish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligida terma jamoa vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdiUnda Jismoniy tarbiya va sport vazirining o'rinbosari Nodir Murotov, Milliy Olimpiya qo'mitasi raisi Rustam SHoabdurahmonov, Sport yakkakurashlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori Bahodir Mamatnazarov, vazirlik hamda MOQning masul rahbarlari hamda sportchi va trenerlar ishtirok etdi. 

Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi “O'zbekiston sportchilarini 2020 yil Tokio shahri (Yaponiya)da bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlariga tayyorlash to'g'risida”gi Qarori ijrosi muhokama qilindi. Xususan, karate WKF bo'yicha milliy terma jamoa azolarining Tokio olimpiadasiga puxta tayyorgarlik ko'rishlari uchun Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda MOQ tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilayotgani alohida etirof etildi. Hattoki barchamiz uchun sinovli kelgan 2020 yilda ham karatechilarimizning o'quv-mashg'ulot yig'inlari puxta tashkil etilganiga jiddiy etibor qaratildi.

Yig'ilishni MOQ raisi olib bordi. Dastavval tomonlarning fikri yaxshilab tinglandi. Malum bo'lishicha, terma jamoaning etakchi sportchilaridan biri Doston Otabolaev 2020 yilning sentyabr oyidan beri terma jamoa yig'inlarida ishtirok etmayapti. U o'z xohishiga jamoadan chiqib ketganini murabbiylar uni Parijda o'tgan Premer-liga musobaqasida ishtirok etuvchi sportchilar orasiga kiritmagani bilan izohladi. Xalqaro karate federaciyasining taqvimiga nazar tashlaydigan bo'lsak, ushbu musobaqa 2020 yilning yanvar oyida bo'lib o'tgan. Xo'sh, sportchi nega endi oradan 10 oy o'tgach jamoani tark etgisi kelib qoldi? Yana bir muhim jihat, nega terma jamoani tark etish haqidagi qarorini Vazirlik, Respublika oliy sport mahorati maktabi yoki terma jamoa murabbiylar shtabiga malum qilmadi?

Bu holat bo'yicha dastlab terma jamoa murabbiyi Dilnoza Bakirovaga murojaat qilindi.

Pandemiya davrida mashg'ulotlarni barcha sport turlari qatori onlayn tarzda olib bordik. Karantin cheklovlari yumshatilgach boshlagan yig'inimizga Dostonni ham chaqirdik. Yig'inga kirishishdan avval koronavirusga topshirgan testi musbat natija bergach, uy sharoitida davolanish uchun Farg'onaga jo'natib ketdi. Keyingi yig'inda esa pnevmoniya qayd etilgani uchun yana jamoani tark etishga majbur bo'ldi. SHundan so'ng unga qo'ng'iroq qilib yig'inga qo'shilishni so'rasak, turli bahonalar bilan tarkibga qaytishni istamadi. Keyin bilsak, o'zi alohida shug'ullanayotgan ekan”, – dedi murabbiy.

Sportchining o'zi bu vaziyat bo'yicha shunday dedi: “Murabbiy bilan o'rtadagi munosabatim sabab Parij turnirida ishtirok etishimga ruxsat berishmadi. Hozir yakka tartibda mashg'ulot olib bormoqdaman va licenzion musobaqaga shunday tayyorlanmoqchiman. O'zim eronlik murabbiyimiz SHahab Sultani tuzib bergan dastur bo'yicha shug'ullanyapman. Endi terma jamoaga qaytsam, menga ortiqcha bosim bo'lishi mumkin. Buning natijasida Tokio Olimpiadasiga yo'llanma ololmayman. Licenzion musobaqaga qozog'istonlik do'stlarim bilan CHimkentda tayyorlanmoqchiman”.

O'z navbatida MOQ raisi ham vaziyat borasida fikrlarini bildirib o'tdi.

Sportchi belgilangan meyoriy hujjatlar asosida, o'rnatilgan tartibda terma jamoa azosiga aylanadi. Uning o'z-o'zidan, yani Vazirlik, Oliy sport mahorati maktabi yoki terma jamoa murabbiylarini ogohlantirmasdan tarkibdan chiqib ketishiga haqqi yo'q. Agar qozog'istonlik karatechilar bilan shunday aloqang bo'lsa, ularni O'zbekistonga taklif qil. Bir o'zing emas, butun jamoa bilan birgalikda shug'ullanasizlar. O'z navbatida buning uchun barcha sharoitlarni yaratib beramiz. Ochig'i terma jamoa atrofida bo'layotgan gap so'zlarni eshitib, biz juda xavotirlandik. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan Siz sportchilarning shug'ullanishingiz uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Qolaversa yurtboshimizning Siz – yoshlardan umidlari nihoyatda katta. Portugaliyadagi Premer Liga musobaqasi sanasi o'zgargani va buning natijasida o'quv-mashg'ulotlar rejasiga o'zgartirish kiritilganidan yaxshi xabardormiz. Vazirlik va MOQ terma jamoa murabbiylari so'rayotgan Rossiya yoki Ozarbayjonda o'tadigan yig'inni ham tashkillashtirib berishga tayyor. Faqat buning uchun jamoada sog'lom muhit hukm surishi kerak. Mashg'ulotlarni bir zum ham to'xtatmang. Buning uchun Sizlardan faqat bir jamoa bo'lib ishlashni so'raymiz. Bizning maqsadimiz muammoga echim topish” – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

Yig'ilishda terma jamoa bosh murabbiyi D.Bakirova, katta murabbiy O'.Bekpo'latov va Oliy sport mahorat maktabi rahbari B.Mamatnazarovga D.Otabolaevning yig'inlarda qatnashmayotgani, uning tarkibdan tushib qolayotgani haqida federaciya, Vazirlik yoki Qo'mita rahbariyatini o'z vaqtida ogohlantirmagani borasida jiddiy etirozlar bildirildi.

Malum bo'lishicha, Doston Otabolaev 2020 yilning ikkinchi yarmida rejaga kiritilgan Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazidagi chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan ham o'tmagan. Terma jamoa murabbiylari va shifokorlar nazoratisiz yakka tartibda mashg'ulot olib borish, ularni o'zi haqidagi malumotlardan xabardor qilmaslik professional sportchi uchun xos xislat emas.

Takidlash joiz, 2020 yilning noyabr oyida Jismoniy tarbiya va sport vazirligida yuzaga kelayotgan muammolarga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazilib, unda terma jamoani Tokio Olimpiadasiga tayyorlash bo'yicha barcha vakolat Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi hamda Sport yakkakurashlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabiga topshirilgan edi. O'zbekiston karate WKF federaciyasining eski va yangi rahbariyatiga bu ishga aralashish man qilingan.

Karate Yaponiyada o'tayotgani uchun Tokio Olimpiadasi dasturidan o'rin oldi. Undan keyingi Olimpiya o'yinlariga kiritilishi dargumon. Balki karatechilarimizga umrida Olimpiada chempioni bo'lish uchun berilgan yagona imkoniyatdir. SHunday ekan, undan unumli foydalanib qolishga harakat qilish o'rniga ichki muammolarga o'ralashib yurish achinarli holatdir.

Yig'ilishda MOQ va Vazirlik mutasaddilari har ikki tomonni yaxshilab eshitishdi. Joriy yilning iyun oyida Franciya poytaxtida Tokio 2020 Olimpiya o'yinlariga licenziya beruvchi so'nggi musobaqa bo'lib o'tadi. Unda faqatgina o'z vazn toifalarida kuchli uchlikka kirgan sportchilar Olimpiadada ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishadi. Bugungi kunning eng dolzarb masalasi musobaqada ishtirok etuvchi O'zbekiston terma jamoasiga karatechilarni adolat va haqiqat mezonlari ostida saralab  olishdir.

O'z navbatida sport mutasaddilari tomonidan trenerlarga o'quv-mashg'ulotlar yig'inini uzluksiz tashkil etish, Olimpiya o'yinlariga qadar sportchilarni Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi va Sport yakkakurashlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi tomonidan doimiy nazoratda ushlab turish tavsiya qilindi. Buning uchun barcha sharoitlar yaratib berilishi takidlab o'tildi.

Milliy olimpiya qo'mitasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda terma jamoada yuzaga kelgan bunday vaziyatni bartaraf etish uchun barcha ishlarni amalga oshiradi. SHu bilan birgalikda, yaqin vaqt ichida bu masala O'zbekiston terma jamoasi murabbiylar kengashi tomonidan ko'rib chiqiladi. Umid qilamizki, har ikki tomon bugungi yig'ilishdan tegishli xulosalarni chiqarishadi va bundan buyog'iga bor etiborlarini licenzion musobaqaga munosib tayyorgarlik ko'rishga qaratishadi.

Yig'ilish yakunida MOQ rahbari R.SHoabdurahmonov sportchilarga yana bir bora murojaat qilib, oldinda turgan Tokio olimpiadasiga juda kam vaqt qolgani, hozirgi vaziyatda terma jamoa azolari uchun eng to'g'ri yo'l – yagona maqsad yo'lida birlashib, bahamjihat harakat qilish ekanligini uqtirdi. Sportchi va trenerlarga bo'lajak musobaqalarda omad tiladi.

 

Reyting:    

Fikrlar

   
22 jan 13:17:35
Jamshid Kattayev
Davlet Azimov foydalanuvchining fikriga javob berish
Ходжамкул Ходжакулов деган тренер бор шу одам чикаради чемпионларни нега у ва шогирдлари йук терма жамоада.
Kim u
   
21 jan 21:42:11
Davlet Azimov
Ходжамкул Ходжакулов деган тренер бор шу одам чикаради чемпионларни нега у ва шогирдлари йук терма жамоада.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing