05 fev 19:03
Yangiliklar
Karatechilarimiz “Bishkek Open”da 14ta medalga ega bo'lishdi
Bu haqda Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi xabar bermoqda. Qozog'iston, Rossiya, Tojikiston, Qirg'iziston va O'zbekiston sportchilari ishtirok etgan mazkur musobaqada 800 nafardan ziyod karatechilar g'oliblik uchun tatamiga chiqishdi.
Quvonarlisi, Toshkent viloyatidan Dilshod Yusupov, Xurshid SHodibekov va Azizxo'ja Qosimov murabbiyligida 16 nafar sportchi 14 ta medalni qo'lga kiritishdi.
G'olib va sovrindorlar.
Oltin medal
Javohir Jahongirov
Ravshan Turdiboev
Kumush medal
Samandar O'rozaliev
SHaxbozxon Abduvohidxonov
Abdulaziz Rasulov
Azizbek Islombekov
Dilmurod Abdurahmonov
Samandar Mirhamidov
Mirxamid Mirahmadov
Bronza medal
Fozil Sobirov
Javohir Jahongirov
Azizbek Islombekov
Madina Ilyosova
Zilola Abduqayumova
Eslatib o'tamiz, g'olib va sovrindor sportchilarimiz joriy yil may oyida Malayziyada o'tkaziladigan Osiyo chempionatida ishtirok etish yo'llanmasiga ham ega bo'lishdi.
Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Fikrlar