23 fev 16:23
Yangiliklar
Karatechilarimiz Fujayradagi turnir davomida hozircha 3 ta medal qo'lga kiritishdi
Ortda qolgan birinchi kun O'zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o'tdi.
Yosh karatechilarimiz kun davomida 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi. Qayd etish joiz, ushbu turnir U-21 yosh toifasida o'tkazilmoqda. Biroq murabbiylar shtabi unga asosan Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o'yinlari hamda Dakar-2026 o'smirlar yozgi Olimpiya o'yinlariga hozirlik ko'rayotgan sportchilarni jalb qilgan.
Dastlabki kunda shohsupaga ko'tarilgan karatechilar bilan tanishing:
Oltin medal:
Mehriddin To'raxonov (kumite, -60 kg)
Kumush medal:
Samandar Urazaliev (yakkalik kata)
Bronza medali:
Dilnoza Qaramatdinova (kumite, -50 kg)
Abdul Vahob Rashidov (kumite, -67 kg)
Islom Ismatullaev (kumite, +84 kg)
Fikrlar