So’nggi yangiliklar

10:03Муроджон Аҳмадалиев Наоя Иноуэдан реванш олишига ишонмоқда 0 09:26"Ал Насср" ОФКдан "Ал Васл"га техник мағлубият ёзишни талаб қилмоқда 0 09:00Жавоҳир Синдаров — Clutch Chess: Champions Showdown 2026 чемпиони! 0 08:31Стрикленд - Имавов реванш жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 07:46Баҳодир Жалолов IBA President's Cup турнирида иштирок этади(ми?) 0 07:09Таниқли боксчи Эдгар Берланга Флоридада ҳибсга олинди 0 23:16Россия чемпионати тўпурари Ўзбекистонга қарши ўйинда иштирок этишдан бош тортди 0 22:45"Сизни қон кутмоқда". Адесанья UFC’даги навбатдаги жанги учун шартнома имзолаганини эълон қилди 0 22:04Конор Макгрегорнинг мураббийи шогирдининг жангларга қайтиш эҳтимолини баҳолади 0 21:30АCА 209: Холмурод Нурматов ва Саидёқуб Қаҳрамонов иштирокидаги турнирнинг тўлиқ карди билан танишинг 0 20:56МЮ ҳужумчиси йил охиригача сафдан чиқди 0 20:13UFC 334 чемпионлик жангининг захира иштирокчиси эълон қилинди 0 19:32Guangzhou Open. Кудерметова ва Тимофеева жуфтликда 1/4 финалга чиқди 0 18:57Махачевнинг мураббийи Исламнинг ММАдан кетишидан олдин кимлар билан жанг қилишини кўришни исташини ошкор қилди 0 18:21Англия Лига кубоги 1/4 финал қуръаси натижалари маълум бўлди 0

19 noy 16:02
Yangiliklar

Karate

Karatechilarimiz jahon chempionatida 7 ta medal qo'lga kiritishdi

Teglar :  Karate
17-18 noyabr kunlari Qozog'istonning  Almata shahrida KyodoKyokushin karate bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tdi.

G'oliblik uchun 511  nafar sportchi kurash olib borgan chempionatda O'zbekiston sharafini «NUR-HAS» karate markazining to'qqiz nafar sportchilari himoya qilishdi. Dastlabki kungi natijalarga ko'ra kata bahslarida hamyurtimiz Mutal Nazarov kumush, Jaxongir Xaydarov bronza medaliga egalik qildi.

Jahon chempionatining ikkinchi kuni kumite bo'yicha g'oliblar aniqlandi. O'smirlar o'rtasidagi musobaqalarda sportchilarimizdan   Tolib Mardonov va Ogabek Xaliqulovlar o'z vazn toifalarida yarim final uchun o'tgan keskin janglarda raqiblariga imkoniyatni boy berishdi. Sevinchbek Qarshiev hamda Ibroxim Rajabovlar esa yakunda jahon chempionatini bronza medal bilan yakunlashdi.

Kattalar o'rtasida o'tgan musobaqalarda Fazliddin Xayotov yarim final yo'lida yurishini to'xtatdi. Mutloq og'ir sportchilar musobaqasida ishtirok etgan Nurbek Xushmanov hamda Rustam Zoirovlar bronza medallarini terma jamoamiz hisobiga yozib qo'yishdi.
Tomoshabinlar diqat etiborini tortgan qiziqarli janglar mutloq og'ir vazn toifasidagi qora belbog' sohiblari o'rtasida bo'lib o'tdi. -90 kilogramm vaznga ega bo'lgan hamyurtimiz Mutal Nazarov yarim finalda og'irligi 140 kilogramm bo'lgan qozog'istonlik Aleksey Polyakovni mag'lub etib finalga chiqdi.

Akrainalik Dmitriy Boklashhuk bilan o'tgan final jangining asosiy vaqtida esa tomonalar imkoniyati teng baholandi. G'olib nomi qo'shimcha vaqtlarda aniqlanadigan bo'ldi. Va yakunda hakamlarning qarori bilan g'alaba ukrainalik sportchi hisobiga yozildi.
SHunday qilib «NUR-HAS» karate markazi vakillari jahon chempionatida 2 ta kumush va 5 ta bronza medallariga ega bo'lishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing