So’nggi yangiliklar

09:51Ҳиндистон мағлуб этилди, 1/2 финалдаги рақиб Мўғулистон! 0 09:30Олтита финиш қайд этилган UFC Fight Night 273 турнирининг барча натижалари 0 09:09Мессининг голлари "Интер Майами"га ғалаба тақдим этди + ВИДЕО 0 08:48Арман Царукян кетма-кет тўртинчи ғалабасини қўлга киритди 0 08:27UFC Fight Night 273 турнирининг асосий жанги нокаут билан якунланди 0 08:06Богдан Гусковга бошқа бир польшалик рақиб сифатида таклиф қилинди 0 07:45"Барселона"ни ЕЧЛдан чиқариб юборган "Атлетико" Испания Кубоги финалида "Сосьедад"га ютқазди 0 07:24Хамзат Чимаев Царукяннинг кураш ва грэпплинг турнирларидаги иштирокини изоҳлади 0 07:03Конор Бенн навбатдаги жангини Райан Гарсияга қарши камар учун ўтказмоқчи 0 19:16Осиё чемпионатининг аралаш жамоавий баҳсларидаги илк рақиб – Ҳиндистон! 0 18:55ЖЧ-2026`да транспорт шоки: "Метлайф Стэдиум"га бориш 150 долларга тушади! 0 18:34Ҳикару Накамура чемпионлик матчида Гукеш ғалаба қозонадими ёки Жавоҳир деган саволга жавоб берди 0 18:13Авиакомпания Царукянни рейсдан "ечиш" сабабини маълум қилди 0 17:52"Винтаж моделлар" — Шевченко Рози ва Каранони телефонга қиёслади 0 17:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-17 Осиё кубогида ишлайди 0

12 iyu 13:30
Yangiliklar

Karate

Karatechilarimiz Turkiyadagi Premier Leaguedan qaytib kelishdi

Teglar :  Karate
Xabar berib o'tganimizdek, 8-10 iyun kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida karate bo'yicha Premier League seriyasiga kiruvchi nufuzli musobaqa bo'lib o'tdi.

Unda jahonning 35 davlatidan 607 nafar sportchi ishtirok etdi. Musobaqa yakuniga ko'ra, -50kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Bahriniso Babaeva finalgacha etib borib, kumush medal sohibasiga aylandi.

Bugun musobaqada qatnashgan sportchilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Milliy olimpiya qo'mitasi mutasaddilari, O'zbekiston karate Milliy federaciyasi rahbarlari, sportchilarning yaqinlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib olishdi.

«Musobaqadagi taassurotlarim juda ham yaxshi. Bunday nufuzli musobaqada ilk marotaba finalgacha etib bordim. To'g'risi, oltin medalni qo'lga kiritish istagim katta edi. O'zbekistonga oltin medal olib kelishni juda istagandim. Bu borada ozgina tajriba etishmadi va mag'lub bo'ldim. Kumush medal bilan kifoyalandim. Xudo xohlasa keyingi safar oltin medalni qo'lga kiritib qaytamiz. Turnir davomida Xitoy Taypeyi, Avstriya kabi mamlakatlar vakillariga qarshi janglar biroz qiyin o'tdi. Keyingi musobaqalarda ushbu kumush medal menga o'ziga yarasha kuch beradi. Nasib qilsa, navbatdagi medal oltin bo'ladi», – dedi sovrindor Bahriniso Babaeva.

Qayd etib o'tish lozimki, ushbu safar O'zbekiston delegaciyasi uchun samarali bo'ldi. Tashrif davomida O'zbekiston karate milliy federaciyasi rahbariyati Eron, Ozarbayjon va Turkiya kabi mamlakatlar karate federaciyasi rahbarlari bilan uchrashib, hamkorlik qilish bo'yicha kelishuvga erishdilar. Unga ko'ra, ushbu mamlakat vakillari yurtimizga kelib master-klass tashkil qiladilar. SHuningdek, terma jamoalar qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish ham rejada bor.

«Sportda avvalambor mashaqqatli mehnat kerak bo'ladi. Musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Ozroq texnik xatolar sababli musobaqada sovrindorlar safida bo'la olmadim. Endi navbatdagi musobaqaga yanada qattiq tayyorgarlik ko'rib, O'zbekistonga oltin medal bilan qaytaman. Oldinda hali yana ikkita mana shunday musobaqa turibdi. SHuningdek, Osiyo chempionati, Osiyo o'yinlari kabi turnirlar bizni kutib turibdi. Navbatdagi musobaqalarga yangicha taktikalar ishlab chiqqan holda yurtimiz bayrog'ini ko'klarga ko'tarishga harakat qilamiz. Nasib qilsa, keyingi safar oltin medal bilan vatanga qaytamiz.

Turkiyada ham huddi avvalgi raqiblarga qarshi janglar o'tkazdik. Musobaqada dunyo reytingidagi kuchli 64 nafar sportchi ishtirok etadi. U erdagi deyarli har bir sportchi bilan 3-4 marotaba bellashganman. Musobaqa uchun raqibim puxta tayyorgarlik ko'rib, jang uslubimni o'rganib olgan ekan.

Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik jarayoni qattiq ketmoqda. Yil davomida hozirgacha ettita musobaqada ishtirok etdik. Turnirlar davomida turli uslublarni ishlatdik. Hali Osiyo o'yinlarida munosib ishtirok etamiz. Ishlab chiqilgan dastur asosida Osiyo o'yinlariga to'liq tayyor bo'lamiz», – dedi Sadriddin Saymatov.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing