29 sen 16:45
Yangiliklar
Karatechimiz Bokudagi xalqaro musobaqada sovrindor bo'ldi
Ushbu turnirda mezbon sportchilardan tashqari O'zbekiston, Rossiya, Eron, Turkiya, SHveycariya, Qozog'iston, Turkmaniston, Franciya, Belarus, Gruziya va Ukrainadan tashrif buyurgan karatechilar tatamiga chiqishmoqda.
Kecha musobaqada 6-7, 10-11 va 12-13 yoshga to'lgan o'g'il-qizlar kata va kumite bahslarida kuch sinashdilar. 10-11 yoshli sportchilar o'rtasida o'tkazilgan bahslarda -40kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Amirbek Sultonov bronza medaliga sazovor bo'ldi. Bugun 14-15 hamda 16-17 yoshli karatechilar, shuningdek faxriylar (35-45 va 46-55 yoshga kirgan erkak va ayollar) sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishmoqda.
Ertaga Boku ochiq turnirining so'nggi kunida esa kattalar (erkaklar 60, 67, 75, 84 va +84kg, ayollar 50, 55, 61, 68 va +68 kg) o'zaro bahslarga kirishadi. SHuningdek, kata va kumite bo'yicha ham alohida musobaqalar bo'lib o'tadi.
Fikrlar