So’nggi yangiliklar

10:03Муроджон Аҳмадалиев Наоя Иноуэдан реванш олишига ишонмоқда 0 09:26"Ал Насср" ОФКдан "Ал Васл"га техник мағлубият ёзишни талаб қилмоқда 0 09:00Жавоҳир Синдаров — Clutch Chess: Champions Showdown 2026 чемпиони! 0 08:31Стрикленд - Имавов реванш жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 07:46Баҳодир Жалолов IBA President's Cup турнирида иштирок этади(ми?) 0 07:09Таниқли боксчи Эдгар Берланга Флоридада ҳибсга олинди 0 23:16Россия чемпионати тўпурари Ўзбекистонга қарши ўйинда иштирок этишдан бош тортди 0 22:45"Сизни қон кутмоқда". Адесанья UFC’даги навбатдаги жанги учун шартнома имзолаганини эълон қилди 0 22:04Конор Макгрегорнинг мураббийи шогирдининг жангларга қайтиш эҳтимолини баҳолади 0 21:30АCА 209: Холмурод Нурматов ва Саидёқуб Қаҳрамонов иштирокидаги турнирнинг тўлиқ карди билан танишинг 0 20:56МЮ ҳужумчиси йил охиригача сафдан чиқди 0 20:13UFC 334 чемпионлик жангининг захира иштирокчиси эълон қилинди 0 19:32Guangzhou Open. Кудерметова ва Тимофеева жуфтликда 1/4 финалга чиқди 0 18:57Махачевнинг мураббийи Исламнинг ММАдан кетишидан олдин кимлар билан жанг қилишини кўришни исташини ошкор қилди 0 18:21Англия Лига кубоги 1/4 финал қуръаси натижалари маълум бўлди 0

11 iyu 17:18
Yangiliklar

Karate

Karatechimiz Premier League sovrindori

Teglar :  Karate
Turkiyaning Istanbul shahrida karate bo'yicha Premier League tasnifiga kiruvchi nufuzli musobaqa nihoyasiga etdi.

Ushbu turnirda o'zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etishi haqida xabar berib o'tgandik. Jahonning 35 davlatidan 607 nafar sportchi qatnashgan nufuzli turnirda g'olib va sovrindorlar 14 ta vazn toifasida aniqlandi. Musobaqa yakuniga ko'ra, -50kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Bahriniso Babaeva finalgacha etib borib, kumush medal sohibasiga aylandi.

Terma jamoamiz etakchisi, «Premier League» turnirlarining Parij (Franciya), Rotterdam (Gollandiya), Dubay (BAA) va Rabot (Marokash) shaharlarida bo'lib o'tgan musobaqalari g'olibi Sadriddin Saymatov bu safar sovrindorlar qatoridan joy ola bilmagan bo'lsada, yangilangan jahon reytingida u katta ehtimol bilan o'z vazn toifasida yana peshqadamga aylanadi.

Musobaqa davomida O'zbekiston karate milliy federaciyasi rahbariyati bir necha sport delegaciyalari bilan muzokaralar o'tkazdi. Mamlakatimizda sportga ko'rsatilayotgan etiborni alohida etirof etgan Eron va Ozarbayjon karate federaciyasi rahbarlari vakillarimiz bilan hamkorlik qilish istagida ekanliklarini bildirishdi.

Buning samarasi o'laroq, tez orada ozarbayjonlik karate yulduzlari mamlakatimizga kelib, o'zbekistonlik yosh karatechilar uchun mahorat darslari o'tab beradigan bo'lishdi. Bundan tashqari, Eron terma jamoasida murabbiy sifatida faoliyat olib borayotgan, o'z vaqtida o'smirlar va kattalar o'rtasida jahon chempionligini qo'lga kiritgan Husayn Rouhani O'zbekiston terma jamoasi bilan ishlash istagi bor ekanligini aytib o'tdi.

Qayd etish lozimki, bugungi kunda Eronda bir milliondan ortik karatechi bor va forslar sportning ushbu turi bo'yicha nafaqat qitada, balki jahonda etakchilar qatorida etirof etiladi. Aynan shu jihatlarni hisobga olgan holda terma jamoamiz azolari kelajakda Turkiya va Eron karatechilari bilan qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish masalasida ham kelishuvga erishildi.

Malumot uchun, sportning karate turi tarixda birinchi marta 2020 yilgi Tokio Olimpiadasida o'yinlar dasturidan joy oladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing