18 noy 17:26
Yangiliklar
Karate
Karatechimiz Sevinch Rahimova JCHda bronza medali uchun tatamiga chiqadi
Ayni kunlarda BAAning Dubay shahrida kattalar o'rtasidagi jahon chempionati qizg'in davom etmoqda.
Albatta, mazkur chempionatda bosh murabbiy Dilnoza Bakirova hamda katta murabbiy O'ktam Bekpo'latov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. Quvonarlisi -75 kgdagi vakilimiz Doston Otabolaev final bosqichiga yo'l olib, chempionlik uchun tatamiga chiqsa, -55 kgdagi vakilamiz Sevinch Rahimova 3-o'rin uchun rossiyalik raqibasiga qarshi bahs yuritadi.
Mazkur qarama-qarshiliklar 20 noyabr kuni bo'lib o'tadi.
SHu o'rinda ushbu muhim bellashuvlarda terma jamoamiz azolariga omad yor bo'lishini tilab qolamiz.
Havola :
Manba : t.me/uzbwkf
Fikrlar