08 may 14:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Kardenas: "Inouega qaraganda avval jang qilgan raqiblarimning zarbalari og'irroq edi"
Amerikalik bokschi Ramon Kardenas ikkinchi en engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inouedan uchragan mag'lubiyatiga izoh berdi.
"Bu uning kuchi tufayli bo'lmadi. Boshqa raqiblarim menga og'irroq zarba berishgandi. Naoyaning vaqti ko'p edi. Oldinga tashlanganda uni ushlashga harakat qildim. U zarba berganda qo'llari tushib ketayotganini bilardim. Rejam uni zarbalar orasida ushlash edi va shu tufayli uni yiqitib yubordim. Uning ko'tarilishini bilardim, chunki u jangchi. Men Inouening osonlikcha taslim bo'lmasligini bilardim. Hakamga jangni to'xtatganida hammasi joyida ekanligini aytdim. Hafsalam pir bo'ldi, lekin bahslashmoqchi emasman. Balki u men sezmagan narsani sezgandir", dedi Kardenas.
Eslatib o'tamiz, Inoue 4 may kuni bo'lib o'tgan jangning 8-raundida Ramonni texnik nokaut evaziga mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar