31 iyu 10:50
Yangiliklar

Kardida ikkita chempionlik jangi bo'lgan UFC 277 turnirining bonus sohiblari malum
Kafolatlangan gonorarlardan tashqari qo'shimcha 50 000 dollarlik bonus, yani mukofot puliga to'rt nafar jangchi ega chiqdi. O'zaro yorqin jang uyushtirib bergan Aleksandr Pantoja va Aleks Peres bonusga loyiq ko'rilishdi. Ushbu jangning birinchi raundidayoq braziliyalik Pantoja texnik nokaut evaziga g'alaba qozondi.
Brendon Moreno va Kay Kara-Frans (Moreno nokaut evaziga g'alaba qozondi) o'rtasidagi qarama-qarshilik esa oqshomning eng yaxshi jangi deb topildi. Ularning har ikkisi ham bonusni qo'lga kiritishdi.
Qizig'i, bugun markaziy jangda g'alaba qozonib, yana ikki vazn chempioniga aylangan Amanda Nunes ham, raqiblarini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan rossiyalik Magomed Ankalaev va Sergey Pavlovich ham bonusga loyiq ko'rilishmagan.
Fikrlar