21 noy 07:01
Yangiliklar
Tennis
Karlos Alkaras: "Men ham Jokovich kabi bo'lishim kerak"
Ispaniyalik tennischi Karlos Alkaras serbiyalik Novak Jokovichning rekordlaridan ishtiyoq olishini aytdi.
"To'g'risini aytsam, men ham u kabi 15 yil davomida eng yuqorida bo'lishim kerak. Albatta, bu men uchun ishtiyoq vazifasini bajaradi. Men ham yo'limdan chiqqan barcha raqibni mag'lub etib, tarixdagi eng zo'r tennischi bo'lishni, har bir turnirda titul olishni istayman.
Biroq buni o'ylash ham qiyin, chunki bu oson bo'lmaydi. Bu rekordlar faqatgina ushbu sport turining afsonalariga tegishli bo'ladi. U barchasini aqlbovar qilmas darajada bajaradi, rekordlarni buzib o'tadi va barcha turnirlar g'olibi bo'ladi. Aqldan ozish mumkin.
Aralash hissiyotlar: bir tomondan u men uchun ishtiyoq bo'lsa, ikkinchi tomondan uni o'ylashni ham istamayman", - dedi Alkaras.
Havola :
Manba : atptour.com
Fikrlar