24 iyu 08:36
Yangiliklar
Tennis
Karlos Alkaraz Dimitrovdan ustun keldi
Dunyoning ikkinchi raketkasi Karlos Alkaraz Londonda davom etayotgan maysa qoplamali ATP turnirining 1/2 finalchisiga aylandi.
Ispaniyalik tennischi 1/4 finalda ATP reytingida 26-pog'onada borayotgan bolgariyalik Grigor Dimitrovni 6/4, 6/4 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yiriklashdi - 3:0.
To'qson to'rt daqiqa davom etgan bahsda Alkaraz 5, Dimitrov 6 ta eys zarbani amalga oshirgan. Karlosning Queen's Club turniri yarim finalidagi raqibi amerikalik Sebastyan Korda bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar