19 dek 09:12
Yangiliklar
Taekvondo
"Katta dubulg'a" musobaqasi. Bugun CHaros Qayumova dayanga chiqadi
Xitoyning Usi shahrida Katta dubulg'a musobaqasi bahslari davom etmoqda.
Ushbu turnirda O'zbekiston terma jamoasi besh taekvondochi bilan qatnashadi. Musobaqaning ilk kunida uch nafar hamyurtimiz dayanga chiqdi va Nikita Rafalovich bronza medalini qo'lga kiritdi. Bugun -49kg vazn toifasida o'zbekistonlik CHaros Qayumova dayanga chiqadi
Quraga ko'ra hamyurtimiz nimchorak finalda turkiyalik Ruqiya Yildirim bilan to'qnash keladi. Ushbu bahsda g'olib bo'lgan taekvondochi SHan Peng (Xitoy) - Elizaveta Ryadninskaya (Rossiya) juftligi g'olibasi bilan chorak finalda jang qiladi
Musobaqaning so'nggi kuni, 20 dekabrda Svetlana Osipova dayanga chiqadi.
O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Fikrlar