03 mar 19:00
Yangiliklar
"Katta Dubulg'a". O'zbek dzyudochilari ilk kunda ikkita bronza, bitta kumush medaliga ega chiqishdi
Poytaxtimizda dzyudo bo'yicha "Katta Dubulg'a" musobaqasi o'tkazilmoqda.
Kechki dastur doirasida uch nafar dzyudochimiz musobaqa medallari uchun tatamiga chiqdi. - 66 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Sardor Nurillaev oltin medal uchun tojikistonlik Nurali Emomaliga qarshi bahs olib bordi. Ushbu vazndagi yana bir vakilimiz Muhriddin Tilolov esa bronza medali uchun franciyalik Maksim Gobertga, Doston Ro'ziev (-60 kg) yana bir farang dzyudochisi Romarik Boudaga qarshi tatamiga chiqdi.
- 60 kg vaznda bronza medali uchun: Doston Ro'ziev (O'zbekiston) - Romarik Bouda (Franciya) - Golden Score'da vazari ochkosi evaziga;
- 66 kg vaznda bronza medali uchun: Muhriddin Tilovov (O'zbekiston) - Maksim Gobert (Franciya) - SHidolar evaziga;
- 66 kg vaznda oltin medali uchun: Sardor Nurillaev (O'zbekiston) - Nurali Emomali (Tojikiston) - Golden Score'da ippon ochkosi evaziga.
Bronza medalini qo'lga kiritgan Muhriddin Tilovov va Doston Ro'ziev pul mukofotlaridan tashqari, Parij-2024 Olimpiya o'yinlari yo'lidagi 500 reyting ochkosiga ega bo'ldi. Kumush medalni qo'lga kiritgan Sardor Nurillaev esa 700 reyting ochkosini qo'lga kiritdi.
Fikrlar