So’nggi yangiliklar

22:35U-17 Осиё кубоги. Ўзбекистон финалда 9 киши бўлиб қолди ва якунда чемпионликни қўлга киритди 0 22:32Лазизбек Мулложонов WBC Гран-присини техник нокаутли ғалаба билан бошлади 0 18:20Руслан Абдуллаев филиппинлик тажрибали рақибига қарши жангидан қанча гонорар олгани маълум бўлди 0 17:57"Байер" Алонсонинг "Реал"ни бошқаришни истаётганини билади ва мураббийга тўсқинлик қилмайди 0 17:35Промоутер: "Барчамиз биламиз, у Виржил Ортис билан жанг қилишни хоҳламайди" 0 17:08Осиё чемпионатида муваффақиятли қатнашган курашчиларимиз муносиб тақдирланишди 0 16:43Сирочбек Исмоилов ягона мағлубиятини Шакур Стивенсондан қабул қилиб олган япон боксчисини таслим этди! Уч нафар боксчимиз Кореядаги проф бокс оқшомида жанг қилди 0 16:17"Манчестер Юнайтед" деярли 60 млн евро турадиган футболчига қизиқиш билдирмоқда 0 15:52Хильберто Рамирес кейинги жангини июнь ойида ўтказади, рақиб аниқ 0 15:29Ўзбекистон хоккей терма жамоасининг тарихий Жаҳон чемпионатидаги сўнгги ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 14:55Мадримовнинг вазнидаги қозоғистонлик боксчи проф фаолиятида илк бор ғалаба қозона олмади 0 14:30"Манчестер Сити" 70 млн евродан ортиқ маблағга португалиялик футболчини ўз сафига қўшиб олиши мумкин 0 14:05Кичик ўсмир боксчиларимиз Осиё чемпионатини иккита ғалаба билан бошлашди. Бугун яна беш нафар вакилимиз рингга чиқади 0 13:42Ўзбекистон чемпион бўлган Жаҳон чемпионатининг IV дивизионида якуний турнир жадвали қай ҳолатда? 0 13:15WBC Гран-приси. Бугун Лазизбек Мулложоновга мухлислик қиламиз 0

06 may 18:18
Yangiliklar

Dzyudo

Katta intervyu. Azizjon Kamilov o'zbek dzyudosining olimpiya istiqbollari haqida

O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov o'z intervyusida hozirgi cheklovlar va noaniqlik sharoitida, sport tashkilotini rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, respublikada dzyudoning ommaviyligini oshirish rejalari bilan o'rtoqlashdi.

– Azizjon Yoqubjonovich, dunyo bo'ylab koronavirusning tarqalishi munosabati bilan, XOQ Tokiodagi Olimpiya o'yinlarini 2021 yilga ko'chirilishini elon qildi. Sizning mazkur qarorga munosabatingiz qanday bo'ldi?

– Avvalo, mamlakatimiz hukumatiga, hatto hozirgidek og'ir damlarda ham sportni qo'llab-quvvatlash, sportchilar karantin davrida sport bilan xavfsiz shug'ullanishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib berayotgani uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. O'z o'rnida biz sportchilar Tokio Olimpiya o'yinlariga yanada jiddiy tayyorgarlik ko'rishimiz va avvalgidan ham ko'proq ishlashimiz kerak. Endi bevosita savolingizga kelsak, men bu yangilikni xotirjamlik bilan qabul qildim va buni to'g'ri tushundim. Sababi, bu juda oqilona va kutilgan qaror edi. Dunyoning 200 dan ortiq mamlakat sportchilari Tokioda yig'ilishlari kerak va bu qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin emas edi. Asosiysi, bu qaror XOQ tomonidan global xavfsizlik uchun qabul qilingan - ayni damda infekciyani engish hammasidan muhimroqdir.


– Olimpiada bir yilga surildi. Bu holatda O'zbekiston terma jamoasi to'rt yillikning asosiy startiga qanday tayyorlanmoqda?

– Biz sportchilarimizning o'quv jarayoni uzilmasligi uchun barcha zarur choralarni ko'rgan holda yigitlarni 2021 yildagi munosib natijalarga tayyorlashda davom etyapmiz. Olimpiadaning surilishi sportchilarning bo'shashib, dam olishlari uchun bahona bo'lmasligi kerak edi va bunday bo'lmadi ham. Bizning jamoamiz hozir ham tom manoda startda tayyor turibdi.


– Dzyudochilarimizning tayyorgarligi va sport formasi, shuningdek, Olimpiya o'yinlari licenziyalarini qo'lga kiritishga asosiy davogarlarimiz haqida nima deya olasiz? Ular o'zlarini qanday his qilishmoqda?

– Dzyudochilarimiz o'rtasidagi raqobat haqiqatan ham juda yuqori. O'yinlarga yaqinlashayotganimiz sayin har oyda kurash yanada kuchayib boradi. Buni har bir sportchi his qiladi va umuman olganda bu tushunarli holat. Gap shundaki, bizda haqiqatan ham juda ko'p istedodlar bor. SHuning uchun yigitlar astoydil mashq qiladilar va jismoniy ko'rsatkichlarini diqqat bilan kuzatadilar. Biz barcha vazn toifalarida kuchli davogarlarga egamiz, bu aslida kamdan-kam uchraydigan holat. Masalan, Dyusseldorfda bo'lib o'tgan "Katta Dubulg'a" turniri g'oliblari o'zlarining yuqori cho'qqilarida ajoyib natijalarni namoyon etishmoqda: Davlat Bobonov (-90 kg) va Muhammadkarim Xurramov (-100 kg), Parijdagi “Katta Dubulg'a” kumush va bronza medali sohiblari SHarofiddin Boltaboev (-81 kg) va Hikmatilloh To'raev (-73 kg), shuningdek Tokiodagi Jahon chempionati kumush medali sovrindori SHarofiddin Lutfullaev (-60 kg). SHu bilan birga, munosib natijalarni namoyish etadigan ayollar jamoasini ham unutmaslik kerak.


– Kelasi yili Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiadada murabbiylar shtabi va O'zbekiston milliy terma jamoasi oldiga qanday vazifalar qo'yilgan?

– Maqsadimiz juda yuqori va boshqacha bo'lishi ham mumkin emas. Biz Olimpiya o'yinlaridan kamida 3-4 ta medalni, shu jumladan eng yuqori probalilarini ham olib kelishni kutyapmiz. Aytmoqchi bo'lganim, murabbiylar shtabi, rahbariyat va sportchilar zimmasiga katta masuliyat yuklangan. SHu bilan birga, har bir kishi tanlangan strategiyani amalga oshirish uchun birgalikda, qatiy va yuqori masuliyat bilan ishlaydi.


– Dzyudo rivojida mintaqalarning yutuqlari haqida gapirib bering. O'zbekistonning sport markazlari sifatida hududlarning mustahkamlanishi qanday natijalarga olib kelishi mumkin?

– Mamlakatimizda dzyudo sport turiga katta etibor qaratilayotgani quvonarlidir: masalan, ixtisoslashtirilgan maktablar tajribali murabbiylar tomonidan muvaffaqiyatli boshqarilmoqda. Bu erda shuni takidlash kerakki, iqtidorli yosh sportchilar ko'p. Bu yil International Judo Federation (IJF) bilan birgalikda 40 ga yaqin shunday maktablarni ochishni rejalashtiryapmiz. Bu shubhasiz ushbu sport turining ommaviyligini oshiradi va eng muhimi respublikaga yangi chempionlarni taqdim etadi.


– O'zbekistonlik dzyudochilar uchun muhim voqealardan biri bu Jahon chempionatining Toshkentda o'tkazish imkoniyatining yuzaga kelgani bo'ldi. Musobaqaga tayyorgarlik qanday ketmoqda va uning sanasi malummi?

– Bu biz uchun haqiqatan ham katta voqeylik. 2021 yilda dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatining O'zbekistonda o'tkazilishi bizni ruhlantiradi. Musobaqani o'tkazishga tayyorgarlik qizg'in ketmoqda: hozir biz IJFning Toshkent chempionatidagi ishtiroki Olimpiya o'yinlariga saralash bosqichi bo'ladi degan qaroriga umid qilmoqdamiz. 


– Azizjon Yoqubjonovich, sizda bunday keng ko'lamli va jiddiy tadbirni o'tkazish g'oyasi qanday paydo bo'ldi?

– Albatta, bu shunchaki, o'z-o'zidan bo'lgani yo'q. O'tgan yili Toshkentda dzyudo bo'yicha Gran-pri turnirini yuqori saviyada o'tkaza oldik. Buni xalqaro ekspertlar, musobaqaga tashrif buyurgan xorijlik mehmonlar ham etirof etishdi. Bu kabi katta musobaqalarni xalqaro talablar darajasida o'tkaza olishimizni isbotlay oldik. Aynan shu omillar sabab bo'lib, jahon chempionati mezbonligi uchun o'z nomzodimizni ilgari surdik. SHu yil boshida Toshkentda O'zbekiston dzyudo federaciyasi hamda Xalqaro dzyudo federaciyasi o'rtasida 2021 yilgi dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatini o'tkazish bo'yicha shartnoma imzolandi.


– Xalqaro dzyudo federaciyasi prezidenti Marius Vizer O'zbekistonga kelganidan keyin "Humo Arena" sport majmuasiga tashrif buyurdi. Uning yangi arena haqidagi fikri qanday bo'ldi?

– Janob Vizer ko'p tarmoqli “Humo Arena”ga yuqori baho berish barobarida kattalar terma jamoamizning musobaqalardagi ishtiroki, ularga yaratilgan sharoitlar haqida iliq fikr bildirdi. 


– Albatta, O'zbekiston dzyudo federaciyasi xalqaro musobaqalarni har doim yuqori darajada o'tkazib kelgan. Bunga Toshkent Gran-prisi yaqqol misol. Lekin jahon chempionati umuman boshqa daraja. SHu manoda aytingchi, biz ko'proq nimaga etibor qaratishimiz va qaysi tomondan tayyorgarlik ko'rishimiz kerak?

– Albatta, sport va imij daraji bo'yicha jahon chempionatini Gran-pri bilan taqqoslab bo'lmaydi. Lekin bizning ajoyib jamoamiz bor. Biz respublika sport rahbariyati va keng jamoatchilik tomonidan qo'llab-quvvatlanayotganimizni his qilamiz. Masuliyatimizni yaxshi anglaymiz va eng muhimi, O'zbekiston jiddiy sport qudratiga ega davlat ekanligini yana bir bor o'zimiz uchun ham, butun dunyo uchun ham isbotlamoqchimiz. Jahon chempionati mamlakatda dzyudo mashhurligining o'sishiga va bundan tashqari sayyohlik yo'nalishining rivojiga katta turtki bo'lishiga shubha yo'q. Buni anglab, shuni ayta olamanki, biz buni uddalay olamiz.

– CHempionat boshlanishining sanasi aniqmi? Bo'lajak jahon chempionatining PR-kompaniyasi va reklamasi qachon boshlanadi?

– Hozir biz sanani aniqlash bo'yicha IJF bilan muzokaralar bosqichidamiz. Musobaqa sanasi rasman tasdiqlanganidan so'ng to'g'ridan-to'g'ri PR-kompaniyaga o'tamiz.


– Bo'lajak jahon chempionatining talismani, yani tumorini tanlash haqida nima deya olasiz? Va umuman tumor bo'ladimi?

– Albatta bo'ladi. Har bir musobaqaning ramzi bo'lganidek, biz ham bunga alohida etibor qaratganmiz. SHu masala ustida ham ishlayapmiz. 


– Xorijlik murabbiylar - Ilias Iliadis va Tomu Torining O'zbekistondagi faoliyatini tahlil qilib, ularning faoliyati haqida nima deya olasiz? Murabbiylar jamoaga qo'shilib keta olishdimi? Siz kutgan natijani berishyaptimi?

– Bilasizmi, Ilias Iliadis - tirik sport afsonasi, ajoyib dzyudochi, Olimpiya chempioni va mohir murabbiy. Jamoamiz bosh murabbiyi sifatida u sportchilarni juda teran his qiladi, ajoyib muhitni yaratadi. Tomu Tori Yaponiyadagi mashhur Kodokan maktabining bitiruvchisi hisoblanadi. SHu jihatdan tajribasi katta va sportchilarga bu yo'nalishda ko'p yordam beryapti. Yigitlarni mehnatga undaydi. Natijalarimiz ham ijobiy tomonga o'zgardi. Jamoadagi muhit ham juda yaxshi. Bu ham murabbiylarning xizmati.


– Ilias Iliadis bilan qancha muddatga shartnoma imzolangan?

– Natijalardan ko'nglimiz to'lyapti. Sportchilar ham Iliadis bilan ishlashdan xursandlar. Aslida shartnoma shu yilning oktyabrida yakuniga etishi kerak. Lekin biz hamkorlikni davom ettirishni rejalashtirganmiz. Zero, olimpiya o'yinlari ham 2021 yilga qoldirildi.


– Bugungi sinovli kunlarda sportchilarga, murabbiylarga tilaklaringiz...

– Bu juda og'ir davr. Ammo, men har qanday inqiroz holatini ham imkoniyat sifatida ko'rishga odatlanganman. SHundan kelib chiqib, federaciyamizning har bir xodimini xotirjam bo'lmaslikka, sportchilar va murabbiylarni tushkunlikka tushmasdan, mashg'ulotlarni to'liq kuch bilan davom ettirishga chaqiraman. 


O'zbekiston dzyudo federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing