21 okt 10:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Katta Lopes: "Engil vaznda Lomachenkodan kuchli bokschi yo'q"
Engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Teofimo Lopesning otasi va murabbiyi katta Lopes Vasiliy Lomachenko haqida fikr bildirdi.
Amerikalikning qayd etishicha, Lomechenko hozirda engil vaznda tengsiz.
"Lomachenkoga kerakli etibor berilmayapti. Hamma uni mag'lub qilsa bo'ladi deb o'ylayapti. Ammo, men u Nakatanini ettinchi raundda nokaut qiladi degandim, u buni uddaladi.
Engil vaznda Lomachenkodan kuchli bokschi yo'q. Bu yigit Devin Xeynini ham, Jervonta Devisni ham yanchib tashlaydi. Agarda raqiblar ikki-uch yil kutishadigan bo'lsa, unda Lomachenkoni mag'lub qilsa bo'ladi. Ungacha esa buning iloji deyarli yo'q", - deydi katta Lopes.
Eslatib o'tamiz, Lomachenko keyingi jangini 11 dekabr kuni Richard Kommiga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : BoxingNews24
Fikrlar