06 okt 10:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Katta vadalar berib, to'rt hamyurtimiz bilan shartnoma imzolagan AQSHning GFL MMA Ligasi yana "tilga kirdi"
Aralash yakka kurash bo'yicha Amerika Qo'shma SHtatlarida faoliyat yurituvchi Global Fight League tashkiloti qaytayotganiga ishora qildi.
"Sportchilar, muxlislar va hamkorlarimizga sabr qilishgani va qo'llab-quvvatlashgani uchun rahmat aytamiz. Biz shu davr mobaynida katta mehnat qildik. Endi kelgusida bo'ladigan voqeliklarni intiqsizlik bilan kutyapmiz. Biz bilan qoling, 2026 yil uchun rejalarimiz katta", deya yozgan GFL rasmiy Instagram sahifasi.
Eslatish joiz, Liga joriy yilda o'zbekistonlik sportchilar — Humoyun To'xtamurodov, Muhiddin Mamajonov, Amirxon Alixo'jaev va Saidyoqub Qahramonov bilan shartnoma qilgandi. SHunday bo'lsa-da, GFL 2025 yilda birorta turnir tashkil eta olmadi, sportchilar esa tashkilot rahbarlarini firibgarlikda ayblashdi.
Havola :
Manba : instagram.com/globalfightleague
Fikrlar