So’nggi yangiliklar

11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0 11:34Эдди Хирн: "Жошуа Фьюри билан жанг учун шартнома имзолади" 0 11:13UFC Fight Night 274 жангчилари тарози ҳамда face to face маросимларида ҳозир бўлишди 0 10:52Oeiras Ladies Open. Кудерметова бош совринга яқинлашмоқда 0 10:31Sofascore. Кечаги учрашувда дубль қайд этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 10:10Царукян нима учун Топурия билан жанги амалга ошмаслигини тушунтирди 0 09:49Пахтакор туманида замонавий дзюдо зали фойдаланишга топширилди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:28World Boxing Кубоги. Зокиров ва Ҳамидова кейинги босқичда 0 09:07Арбелоа кечаги ўйиндан кейин ҳакамларни танқид қилди 0 08:46Esports World Cup. Абдусатторов икки муҳим ғалаба, уни Магнус кутмоқда! 0 08:25Арман Царукян: "RAF’даги маошим UFC гонорарларига яқинлашди" 0 08:04Собиқ чемпион Чимаев — Анкалаев жанги ғоясини илгари сурди 0 07:43"Реал" қўшимча дақиқада ўтказиб юборилган гол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди 0 07:22Мария Тимофеева Швейцария турнири 1/2 финалида! 0 07:01Жиззахда яна бир замонавий яккакураш зали қад ростлади, дзюдочиларимиз у билан яқиндан танишишди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0

02 dek 15:42
Yangiliklar

Dzyudo

Kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati start arafasida

3-5 dekabr kunlari poytaxtimizda dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati bo'lib o'tadi.

Yilning mamlakat miqyosidagi nufuzli musobaqasiga "Sahovat sport servis" (sobiq "O'zbekiston" sport saroyi) sport majmuasi mezbonlik qiladi. CHempionatda Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan tajribali va shu bilan birga istedodli dzyudochilar ishtirok etadi. 

Bahslar 7 ta (erkaklar va ayollar) vazn toifasida o'tkaziladi. Erkaklar -60, -66, -73, -81, -90, -100, +100 kg vazn toifalarida bahsslarga kirishishadi. Ayollar o'rtasida esa -48, -52, -57, -63, -70, -78 hamda +78 kg vaznlarda g'olib va sovrindorlar aniqlanadi. 

O'zbekiston chempionatida birinchi raqamli dzyudochilarimiz ishtirok etmaydi. Boisi, ular shu kunlarda Yaponiyaning Osaka shahrida tashkil etilayotgan va "Masters" turniriga tayyorgarlik vazifasini o'tovchi xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida qatnashishyapti. 

Malumot uchun, O'zbekiston chempionati bahslari ertalab soat 10:00dan boshlanadi. Musobaqaning tantanali ochilish marosimi esa 4 dekabr kuni soat 16:00da bo'lib o'tadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing