13 sen 16:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Kavalyauskas ikkita kamar uchun kechgan jangda raqibini nokautga uchratdi + VIDEO
Bugun AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning qiziqarli jangida jahon chempionlik kamari uchun sobiq davogar litvalik Egidiyus Kavalyauskas (22-1-1, 18 KO) chiroyli g'alabasini tantana qildi.
U kanadalik Mikael Zyuski (34-2, 23 KO)ga qarshi kechgan jangning sakkizinchi raundida raqibini nokautga uchratdi. Bu bilan u vakant bo'lib turgan Amerika qitalararo WBC hamda SHimoliy Amerika WBO kamarlarini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar