05 jan 14:22
Yangiliklar
Boks/MMA
Kayla Xarrison Amanda Nunesni "oromgohi"ga qaytarishga vada berdi
Engil vazn toifasida UFC chempioni Kayla Xarrison 24 yanvar kuni ikki vaznda sobiq chempion Amanda Nunesni ishonchli tarzda mag'lub etishiga ishonchi komil.
"Men unga revansh berishga tayyor bo'laman, lekin u qaytishni istamaydi deb o'ylayman - men uni qayta oromgohiga jo'nataman", - dedi Xarrison MMA Junkie nashriga bergan intervyusida. - Men buni sabrsizlik bilan kutyapman, chunki bu jang haqida uzoq vaqtdan beri juda ko'p gap-so'zlar bo'ldi. Menimcha, Amanda dunyoning eng buyuk jangchi ayoli edi. Hozir esa men dunyodagi eng kuchlisiman va bu maqomni tasdiqlash uchun eng kuchlilarni mag'lub etish kerak".
Eslatib o'tamiz, Kayla Xarrison va Amanda Nunes o'rtasidagi jang UFC 324 turnirining ikkinchi muhim voqeasi bo'ladi. Oqshomning asosiy jangida Peddi Pimblett va Jastin Getji o'zaro to'qnash keladi.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar