23 iyu 10:54
Yangiliklar
Boks/MMA
Kayo Borralo Mahmud Muradovning kechagi g'alabasiga munosabat bildirdi
Kecha oqshom London shahrida UFC Fight Night 224 turniri bo'lib o'tgan edi.
Turnirning prelim kardida o'rta vazn toifasida o'zbekistonlik Mahmud Muradov AQSH vakili Brayan Barberenaga qarshi jang qilib, ochkolar evaziga g'alaba qozondi. Muradovning sobiq raqibi, braziliyalik UFC jangchisi Kayo Borralo ushbu g'alabaga munosabat bildirdi.
"Men Muradovni kurashchi qilib qo'yibman-ku!", - deb yozgan jangchi o'z sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Mahmud Muradov 2022 yilning oktyabr oyida Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida tashkil etilgan UFC 280 turniri doirasida Kayo Borralo bilan jang qilib, ochkolar evaziga mag'lub bo'lgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar