So’nggi yangiliklar

19:45Махачевнинг менежери ММА тарихидаги буюк жангчиларни санади. Улар орасида Ислам ва Хабиб ҳам борми? 0 19:13Рэшфорд “Барселона”га мурожаат қилди: “Ҳар лаҳзадан завқ олдим” 0 18:46Крис Сайборг Ронда Роузига "вызов" ташлади 0 18:18Хамзат Чимаев Стриклендга: "Кечирим сўра!" 0 17:53IBA раҳбари Кремлёв Россия борасидаги қарордан сўнг World Boxing'га мурожаат қилди 0 17:19“Реал” футболчиси жароҳат сабаб бир неча ҳафтани ўтказиб юбориши мумкин 0 16:47Россия Қозоғистонда ўтказиладиган World Boxing Жаҳон чемпионатида иштирок этмоқчи 0 16:12Гусков жанг қилиши керак бўлган UFC турнири иштирокчилари тарозига чиқди 0 15:44Умида Омонова — Осиё чемпионати совриндори! 0 15:11"Бавария" уч футболчига умид боғламаяпти: уларнинг клубда келажаги йўқ 0 14:38Рамазон Темиров янги ҳомийлик шартномасини имзолади (ФОТО) 0 14:12Шаҳноза Мамажонова пара ўқ отиш бўйича Жаҳон кубоги ғолиби 0 13:44World Boxing россиялик боксчиларга байроқ ва мадҳия остида турнирларда қатнашишга рухсат берди 0 13:19"Челси" Франция терма жамоаси аъзосини 60 миллион еврога coтиб oлди 0 12:46Хабиб Ислам Махачевнинг чемпионлик жангига тайёргарлигига баҳо берди 0

07 sen 10:39
Yangiliklar

Paralimpiya

Kechagi 6 ta medaldan keyin O'zbekiston paralimpiyachilarining umumjamoa hisobidagi o'rni o'zgardimi?

Parij shahri mezbonligida o'tayotgan Yozgi Paralimpiya o'yinlarining navbatdagi kungi bahslari ham ortda qoldi.

Kechagi kun dasturida o'zbekistonlik paralimpiyachilar 1 ta oltin, 3 ta kumush, 2 ta bronza, jami 6 ta medal qo'lga kiritishdi. Kechagi kun doirasida yagona oltin medali para engil atletikachimiz Tolibboy Yo'ldoshev O'zbekiston delegaciyasiga taqdim etdi. Bu Parij paralimpiya o'yinlaridagi to'qqizinchi oltin medalimiz bo'ldi. 

Bugungi kun oldidan O'zbekiston sport delegaciyasi 9 ta oltin, 8 ta kumush, 6 ta bronza, jami 23 ta medal bilan umumjamoa hisobida 12-o'rinni egallab turibdi. Kecha ham 12-pog'onadan joy olgandik. Biz singari 9 ta oltin medalga ega Germaniya terma jamoasi 11-o'rinni band etgan. Olmonlarda bizdan 3 ta kumush medal ko'proq. Top-10`ga yakun yasab turgan Yaponiya terma jamoasi hisobida 12 ta oltin medal bor.   

Xitoy Respublikasi 83 ta oltin, 64 ta kumush, 41 ta bronza, jami 188 ta medal bilan ro'yxatda katta ustunlik bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda. Qirq ikkita oltin, 34 ta kumush, 24 ta bronza medaliga ega Buyuk Britaniya ikkinchi o'rinni egallab turibdi. AQSH sportchilari 31 ta oltin, 36 ta kumush, 19 ta bronza medali bilan kuchli uchlikka yakun yasashgan. Niderlandiya delegaciyasi 24 ta oltin, 14 ta kumush, 10 ta bronza medali to'rtinchi pog'onadan joy olgan.  

Bizdan avvalgi o'rinlarni Germaniya, Yaponiya, Avstraliya, Ukraina, Braziliya, Franciya va Italiya terma jamoalari band etgan. Jami 63 davlat delegaciyalari hisobida kamida 1 tadan oltin medal bor. Kamida 1 ta bronza medalini qo'lga kiritgan davlatlar soni 83 taga etdi.   

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing