30 dek 09:21
Yangiliklar
Boks/MMA
Kechagi avtohalokatda Joshuaning ikki murabbiyi vafot etgani malum bo'ldi
Nigeriyada prof boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Entoni Joshua bilan bir avtomobilda bo'lib, avtohalokatda olamdan ko'z yumganlarning shaxslari malum bo'ldi.
Sports Illustrated nashrining xabar berishicha, birinchi halok bo'lgan shaxs kuch va jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Sina Gami bo'lgan. Vafot etganlarning ikkinchisi esa Joshuaning shaxsiy murabbiyi Robert Latc bo'lgan.
Avvalroq, baxtsiz hodisa Lagos-Ibadan trassasida Joshua o'tirgan Lexus rusumli avtomobilning to'xtab qolgan yuk mashinasiga urilgani oqibatida yuzaga kelgani haqida xabar berilgan edi. Natijada ikki kishi halok bo'ldi. Joshuaning o'zi engil jarohatlar oldi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar