So’nggi yangiliklar

14:23Тайсон Фьюри кейинги жанги муддатини айтди 0 14:02Умар Кремлёв Жон Жонс учун бокс жанги ташкил қилмоқчи 0 13:41"Борнмут" 127 йиллик тарихида илк марта еврокубокларга чиқди 0 13:20Хабиб Нурмагомедовда яна солиқлар билан боғлиқ муаммолар юзага келди 0 12:59Алиреза Фирузжа: "Синдаров билан ўйин унчалик қониқарли бўлмади" 0 12:38Сергей Фомин босниялик рақиби олдида ожиз қолди 0 12:17"Реал" Моуринью учун "Бенфика"га 3 млн евро товон пули тўлади 0 11:56Усик ва Верхувен пирамидалар фонида нигоҳлар жангини ўтказди + ФОТО 0 11:35Дана Уайт: "Биз жангни Ойда ўтказишга мажбур бўламиз" 0 11:14Камилла Раҳимова ва яна бир теннисчимиз "Ролан Гаррос" асосий тўрида кортга чиқади 0 10:53Гвардиола мавсум якунлари ҳақида фикр билдирди 0 10:32Шон Стрикленд четлатилганига қарамай, машғулотларга қайтмоқда 0 10:11"Ролан Гаррос". Полина Кудерметова 1/2 финалга чиқди 0 09:50UFC рейтинги янгиланди: Двалишвили Стриклендни ортда қолдирди 0 09:29"Манчестер Сити" "Борнмут"ни юта олмади, "Арсенал" – чемпион! (+ВИДЕО ) 0

06 sen 08:04
Yangiliklar

Paralimpiya

Kechagi ikki oltin medaldan keyin O'zbekiston paralimpiyachilari umumjamoa hisobida nechanchi o'rinda?

Parij shahri mezbonligida o'tayotgan Yozgi Paralimpiya o'yinlarining navbatdagi kungi bahslari ham ortda qoldi.

Kechagi kun dasturida o'zbekistonlik paralimpiyachilar 2 ta oltin medal qo'lga kiritishdi. Para dzyudochimiz SHerzod Namozov ikki karra, para engil atletikachimiz Husniddin Norbekov uch karra Paralimpiya o'yinlari chempioniga aylandi. Bugungi kun oldidan O'zbekiston sport delegaciyasi 8 ta oltin, 5 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 12-o'rinni egallab turibdi. Kecha ham 12-pog'onadan joy olgandik. 

Xitoy Respublikasi 74 ta oltin, 55 ta kumush, 37 ta bronza, jami 166 ta medal bilan ro'yxatda katta ustunlik bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda. CHin yurti vakillari kechagi bahslarda 10 ta oltin, 6 ta kumush, 8 ta bronza medali qo'lga kiritishdi. O'ttiz oltita oltin, 29 ta kumush, 19 ta bronza medaliga ega Buyuk Britaniya ikkinchi o'rinni egallab turibdi. AQSH sportchilari 27 ta oltin, 33 ta kumush, 17 ta bronza medali bilan kuchli uchlikka yakun yasashgan. Niderlandiya delegaciyasi 21 ta oltin, 10 ta kumush, 5 ta bronza medali to'rtinchi pog'onadan joy olgan.  

Bizdan avvalgi o'rinlarni Yaponiya, Germaniya, Avstraliya, Braziliya, Ukraina, Italiya va Franciya terma jamoalari band etgan. Jami 60 davlat delegaciyalari hisobida kamida 1 tadan oltin medal bor. Kamida 1 ta bronza medalini qo'lga kiritgan davlatlar soni 80 taga etdi.   

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing