17 apr 08:41
Yangiliklar
Kelasi yilgi Olimpiada va Evro muxlislarsiz o'tkazilishi mumkin
Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti maslahatchisi Ezekil Emanuelning aytishicha, koronavirus pandemiyasi tasiri uzoq davom etadi va buning natijasida juda katta ehtimol bilan 2021 yilning kuziga qadar ommaviy tadbirlarni o'tkazishga ruxsat berilmaydi.
"Ko'p odam to'planadigan – konferenciya, koncert, sport tadbirlarini 2020 yilning oktyabr oylariga ko'chirishyapti. Men shu narsani hech tushuna olmayapman. Hamma oktyabrgacha koronavirusdan qutulamiz deb o'ylayapti. Bu umuman noto'g'ri fikr. Pandemiyaning tasiri uzoq vaqt saqlanib turadi. Jiddiy aytganda, 2021 yilning kuzigacha katta masshtabdagi musobaqalarni muxlislar bilan o'tkazib bo'lmaydi. Bunga futbol bo'yicha Evropa chempionati hamda Olimpiada ham kiradi", - dedi Emanuel.
Eslatib o'tamiz, COVID-19 sabab yozgi Olimpiada hamda futbol bo'yicha Evropa chempionati 2021 yilning yoziga ko'chirilgan edi.
Fikrlar