So’nggi yangiliklar

20:28Анкалаев Костага "ответ" қилди: "Келаси ҳафтаёқ жанг қилишимиз мумкин" 0 20:05Пауло Коста: "Анкалаев чемпионлик жангидан кўра UFC`дан ҳайдалишга яқинроқ" 0 19:37Белграддаги UFC турнири оғир вазн тоифасидаги жангдан маҳрум бўлди 0 19:08Германия футбол иттифоқи вице-президенти: "Бу чегарадан чиқиш" 0 18:42Леброн Жеймс энди расман "Филадельфия" шарафини ҳимоя қилади 0 18:06Ўзбекистонда кейинги UFC жангчилари кимлар бўлиши мумкин? Жасур Алижонов жавоб берди 0 17:37Миразизбек Мирзахалилов, Ҳавасбек Асадуллаев ва яна бир боксчимиз Россияда жанг қилади + ПОСТЕР 0 17:13Инфантино ФИФАга аъзо давлатларга 40 млн. доллардан "пора" таклиф қилди 0 16:44Жонгкуч Мач NBA тарихидаги энг бўйдор ўйинчига айланиши мумкин 0 16:11Хоакин Бакли UFC турнирининг асосий жангида октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 15:45"Дивизионда жиддий муаммо бўла олади". Даниэль Кормье Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 15:19"Реал" Родри учун 50 миллион евродан ортиқ тўлашга тайёр 0 14:23Рамазон Темиров кейинги жангини қайси ойда ўтказиши мумкинлигини айтди 0 13:55«Формула-1» Баҳрайн Гран-приси мезбонлигини Малайзияга кўчирди 0 13:28Богдан Гусковнинг қиёфадоши АҚШда учта жиноят моддаси бўйича ҳибсга олинди 0

19 avg 09:46
Yangiliklar

Dzyudo, Qiziqarli!, Parij-2024

Keldiyorovaning chempionlik yo'lidagi asosiy figura yoxud Marko Spittka bilan yaqindan tanishamiz

Parij shahrida bo'lib o'tgan yozgi Olimpiya o'yinlari o'zbekistonlik sportchilar uchun misli ko'rilmagan va kutilmagan natijalarga boy bo'ldi.

Bugun biz ushbu jarayonga batafsil to'xtalib o'tmaymiz, faqat bir sportchigina nishonimizda bo'ladi. Dzyudochimiz Diyora Keldiyorova Franciyadagi to'rt yillikning eng nufuzli turnirida barcha raqibalarini taslim etib, ayollar o'rtasida Olimpiya o'yinlari chempioniga aylangan ilk o'zbek hamda Markaziy Osiyolik ayol sportchisiga aylandi. Xo'sh, sportchimizning bunday natijaga erishishiga asosiy sababchi kim deb o'ylaysiz? Ha, birinchi navbatda uning ota-onasi, yoshlik chog'ida talim bergan ustozlari, qolaversa, umr yo'ldoshini ham ushbu ro'yxatga qo'shish mumkin. Kimdir qolib ketmadimi? Albatta, shohsupaga ko'tarilish yo'lidagi eng asosiy figura - bu uni Olimpiadaga tayyorlagan murabbiyi Marko Spittkadir! 

Keling, Marko bilan yaqinroqdan tanishib olaylik. Marko Spittka 1971 yil 22 aprelda Germaniyaning Drezden shahrida dunyoga kelgan. U dastlab 78 kg vazn toifasida musobaqalarda ishtirok etgan, keyinroq 90 kg vaznga ko'tarilgan. Marko 1989-1998 yillar davomida dzyudo bo'yicha Germaniya chempionatida 5 marta oltin, bir marta kumush hamda 2 marotaba bronza medaliga sazovor bo'lgan. Xalqaro musobaqalardagi ko'rsatkichlariga qaraydigan bo'lsak, 1992 yilda Evropa chempioni, 1998 yilda qita birinchiligida kumush medalni qo'lga kiritgan. 1997 yilgi jahon chempionatida bronza medalini o'ziniki qilgan bo'lsa, 1996 yil Atlantada bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarida ham bronza medaliga ega chiqqan. SHuningdek, qahramonimiz yoshlar o'rtasidagi jahon birinchiligida bitta oltin va bitta kumush medalga sazovor bo'lganini ham alohida takidlash lozim. U 7-DAN qora belbog' sohibi hisoblanadi. 

O'zbekiston dzyudo federaciyasi 2022 yil germaniyalik mutaxassis bilan shartnoma tuzgandi. U bundan avval 2007-2019 yillar davomida Avstriya dzyudo terma jamoasi bilan katta natijalarga erishgan. 

O'zbekistonga kelgach, Spittka shunday degandi: “Kuni kecha yakuniga etgan Tel-Aviv “Katta Dubulg'a” turnirida xorijlik do'stlarim O'zbekiston terma jamoasida faoliyat boshlayotganimni eshitib, meni qutlashdi. O'zbek dzyudosini katta kelajak kutmoqda. Yoshlaringizning texnikasi va g'alabaga bo'lgan shijoatiga doim qoyil qolganman. Yangi jamoada o'zimni juda yaxshi his qilyapman. Oldimizga qo'yilgan maqsadlar yo'lida bor kuchimni ishga solaman”. 

Keldiyorova Olimpiada chempioniga aylanganidan keyin germaniyalik mutaxassisning emociyalari aks etgan kadrlar ijtimoiy tarmoqlarda ancha “to'palang” ko'tardi. Bu xuddiki, uning 1996 yilgi bronza medalini qo'lga kiritgan kadridagi tantanaga juda o'xshash. Suratga yaxshilab etibor qaratadigan bo'lsangiz, emociyalar aslida undan kuchliroq. CHunki, Markoga ushbu oltin bir necha soniyalar davomida go'yoki, unikidek tuyuldi. Diyora bu qadar qiyin raqibalarni “er tishlatib”, chempionga aylanishini kamdan-kam ishqibozlar taxmin qilgani tayin. Xursandchilik, shukr, sabr, mehnat aks etgan kadrdagi murabbiy emociyalari esa, kishini beixtiyor entiktirib yuboradi. Sizda shunday tuyg'u jo'sh urmadimi? Unda aybni o'zingizdan qidiring. Butun O'zbekiston bo'lsa “To'marisimiz”ning bu natijasi bilan kamida kelgusi Olimpiadagacha maqtanib yursin. Biz Marko Spittka siymosida o'zbek sportiga mana shunday dunyo miqyosidagi mutaxassislar kerak ekanligiga yana bir bor amin bo'ldik.

Habib Jo'raboev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing