11 dek 17:22
Yangiliklar
Tennis
Kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgan ikki tennischi umrbod chetlatildi
Franciyalik ikki tennischi kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgani uchun bir umrga diskvalifikaciya qilindi.
Gap Mik Leskur va Jyul Okala haqida ketmoqda. Franciya va Belgiya huquq-tartibot organlari xodimlarining birgalikda olib borgan izlanishlari bu ikki tennischining 2014 yildan beri kelishilgan o'yinlarni tashkil etishini isbotladi.
Natijada Leskur 8 ta band bo'yicha aybdor deb topildi va bir umrga tennisdan chetlatildi. SHuningdek, 40 ming dollar miqdoridagi jarimaga ham tortildi. Okalaga esa 7 ta band bo'yicha ayblov qo'yildi. U bir umrlik diskvalifikaciyadan tashqari 15 ming dollar jarima ham to'laydi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar