25 jan 08:03
Yangiliklar

Kelvin Gastelumning navbatdagi raqibi va jang sanasi malum
Ikki mag'lubiyatli seriya bilan kelayotgan 31 yoshli Kelvin 8 aprel kuni AQSHning Bruklin shahrida o'tkaziladigan UFC 287 turnirida Kris Kertisga qarshi oktagonga chiqadi. U ikki jangida Robert Uittaker va Jared Kannonirga imkoniyatni boy bergan edi.
Aslida Gastelum 14 yanvar kuni Nassurdin Imavov bilan jang qilishi lozim edi. Ammo mashg'ulotda jarohat olgani sabab safdan chiqqandi. 35 yoshli Kris Kertis esa o'tgan yilning dekabr oyida Xoakin Baklini ikkinchi raundda nokautga uchratgandi. Ungacha Kertis Jek Xermanssonga yutqazib qo'ygan va UFC promoushenidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib olgan edi.
Ayni paytda Kelvin Gastelum UFC o'rta vazn toifasi reytingida 13, Kris Kertis esa 14-o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar