27 iyu 17:52
Yangiliklar

"Kerak bo'lsa Braziliyaga borardik". Xabib Maxachev - Oliveyra jangi haqida gapirdi
"CHarlz Oliveyra nima istayotgani xech kimni qiziqtirmaydi. Islam bunday qarorlar qabul qilmaydi. Biz shunchaki jangchilarmiz. Islam UFC bilan shartnoma tuzgan va ularni eshitishi zarur. CHarlz Oliveyra ham. Biz joy tanlamaymiz. UFC bizga manzilni aytadi - biz o'sha erga uchamiz. Bu ahamiyatga ega emas. Agar ular Braziliyaga borish kerakligini aytishganida - biz o'sha erga borar edik, muammo yo'q. Lekin Abu-Dabi bizning hudud. CHarlz buni tushunib turibdi, shuning uchun bundan qochishga urindi. Ammo bu amalga oshmadi.
Jangga 90 kun vaqt bor va MMA muxlisi sifatida shuni aytishim mumkinki, bu yilning eng kutilgan jangi. 11 g'alaba 10 ta g'alabaga qarshi. UFCda bunday seriyaga ega ikki sportchi o'rtasida to'qnashuv xech qachon bo'lmagan. 11 g'alabaga qarshi 12 g'alaba mening Toni Fergyusonga qarshi jangimda bo'lishi mumkin edi. Ammo bu amalga oshmadi. Demak, endi Islam CHarlzga qarshi. Bu orzudagi jang", - dedi Xabib.
Fikrlar