28 jan 17:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Kevin Xollandning navbatdagi raqibi va jang sanasi malum
Kevin Xolland navbatdagi jangini Santyago Ponzinibbioga qarshi o'tkazishi malum bo'ldi.
Yarimo'rta vazn toifasida amerikalik UFC jangchisi Kevin Xolland (23-9) argentinalik Santyago Ponzinibbioga (29-6) qarshi jang qiladi.
Ushbu jang 8 aprel kuni Mayami (AQSH)da tashkil etiluvchi UFC 287 musobaqasi doirasida o'tkaziladi.
Avvalroq, Aleks Pereyra - Israel Adesanya, Gilbert Berns - Xorxe Masvidal janglari ushbu musobaqa doirasida bo'lib o'tishi haqida xabar bergan edik.
Kevin Xolland so'nggi bor 2022 yil 3 dekabr kuni Stiven Tompsonga (16-7-1) qarshi oktagonga chiqib, mag'lub bo'lgan edi.
Argentinalik Santyago Ponzinibbio esa ohirgi jangini 2022 yil 10 dekabr kuni amerikalik Aleks Moronoga (22-8) qarshi o'tkazib, muddatidan avval g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : twitter.com/MMAJunkie
Fikrlar