26 apr 14:20
Yangiliklar
Boks/MMA
"Keyin UFC kamari uchun boraman". Carukyan Topuriyadan tashqari kim bilan jang qilishga tayyorligini aytdi
UFC jangchisi Arman Carukyan BMF kamari sohibi braziliyalik CHarlz Oliveyraga qarshi revansh jangini o'tkazishga tayyor ekanini bildirdi.
"Men darhol Topuriya bilan jang qilmoqchiman (u Oq uyda kamarini himoya qilganidan keyin), oraliq jang o'tkazmayman. Faqat Oliveyra bilan BMF kamari uchun bo'lsa mayli. Ha, avval shu kamarni olib, keyin haqiqiy kamar uchun boraman. CHarlz xavfli raqib, lekin men 99,9% ehtimol bilan g'alaba qozonaman", — dedi Carukyan.
Havola :
Manba : adam zubayraev
Fikrlar