15 okt 14:11
Yangiliklar
Boks/MMA

"Kichik bir xato hammasini o'zgartirishi mumkin" - Dvalishvili Yan bilan jang haqida gapirdi
UFC chempioni Merab Dvalishvili Pyotr Yan bilan bo'ladigan revansh haqida fikr bildirdi.
Jang 7 dekabr kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi UFC 323 turniri doirasida bo'lib o'tadi.
"Jangchi sifatida men Pyotr xavfli ekanini bilaman, u kuchli, yaxshi jangchi. Hammamiz bilamiz, u g'alabalar seriyasida kelmoqda. Bu ajoyib jang bo'ladi.
Bilaman — birgina zarba yoki kichik bir xato hamma narsani o'zgartirishi mumkin, ayniqsa Pyotr Yanga qarshi jangda. U xavfli raqib. Men qattiq mashq qilaman va eng yomoniga tayyorlanaman. Lekin men oson g'alaba qozona olishimga ishonaman", — dedi Dvalishvili The Ariel Helwani Show podkastida.
Havola :
Manba : MMA Frenzy
Fikrlar