So’nggi yangiliklar

20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0 19:11Родри жароҳати сабабли "Барселона"нинг "Атлетико"га қарши ўйинини ўтказиб юборади 0 18:30Самбо бўйича Ўзбекистон терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0 17:17Расман! Тим Цзю Эрисланди Лара билан WBA камари учун жанг қилади 0 17:06Ўзбекистонда 10 минг қадам юрган фуқаролар қимматбаҳо совғалар билан тақдирланиши мумкин 0 16:35Рафинья де Мигелнинг ўлими ҳақида: "Бу ҳар ким билан содир бўлиши мумкин" 0 16:04Жалгасбай Бердимуратовнинг PFL Moscow турниридаги рақиби аниқ бўлди ПОСТЕР 0 15:31Жон МакКарти UFC ҳакамларининг гонорарларини очиқлади 0 15:00UWW 2027 йилги рейтинг турнирлари тақвимини эълон қилди 0 14:29Бруну Фернандеш Кэррик уни захирада қолдиргани ҳақида: "Бу тўғри қарор эди" 0 13:58UFC рейтинги янгиланди: Нолан Топ-10, Смит Топ-15`да 0 13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0

14 okt 20:23
Yangiliklar

Boks/MMA

Kichik qishloqdan katta marralar sari. Olimpiadada o'z yurtdoshiga yutqazgan “Qazaq Style” bilan yaqindan tanishing

Ertaga Alimxonuli ikkinchi chempionlik uchun kurash olib boradi.


Gennadiy Golovkin Saul Alvaresdan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'rta vazn toifasidagi barcha kamarlarni bo'shatib berdi. SHu bilan birga qozog'istonlik istiqbolli bokschi Janibek Alimxonuli o'z divizionida jadal yuqorilab kelmoqda. 2022 yilda Demetrius Andrade super o'rta vazn toifasida nafaqaga chiqqanidan keyin u WBO yo'nalishi bo'yicha jahon chempioniga aylnadi. Ertaga, 15 oktyabr kuni esa Janibek IBF yo'nalishi bo'yicha jahon chempioni Vinchenso Gualtieri bilan birlashtiruvchi jangda qatnashadi.  



U havaskor boksda 20 yoshida jahon va Osiyo chempioni bo'lgan, ammo Olimpiadada o'z hamyurtiga imkoniyatni boy berib qo'ygandi

Alimxonuli 1993 yil 1000 kishilik Jilandi qishlog'ida tug'ilgan hamda o'sha erda boks bilan shug'ullangan, biroq yoshligida murabbiyi Murat Siximbaevga ergashib, Olmaotaga ko'chib ketgan. O'sha erda kattalar o'rtasida ilk bor mamlakat chempionligini qo'lga kiritgan. Oradan bir yil o'tib, Olmaotadagi jahon va Osiyo birinchiligida ham g'olib bo'ladi. 2014 yilda esa Osiyo o'yinlarida ham chempionlikni o'ziniki qilgan. 


Ushbu muvaffaqiyatlardan so'ng Janibek navbatdagi Qozig'iston chempionatida chorak finalda yurishini to'xtatgan, lekin ushbu voqea uning Olimpiadaga borishiga va “Astana Arlans” tarkibida Butunjahon boks seriyasining (WSB) beshinchi mavsumida g'alaba qozonishiga to'sqinlik qilmadi. 2016 yili Rioda bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarida Alimxonuli medal uchun asosiy davogarlardan biri edi. U dastlabki ikki jangda ishonchli tarzda g'laba qozongan bo'lsa, chorak finalda Ozarbayjon sharafini himoya qilayotgan hamyurti Kamran SHohsuvarliga sensacion mag'lub bo'lib, turnir bilan xayrlashgandi. 


Olimpiadadan ikki oy o'tgach, Janibek professional boksda debyutini o'tkazdi. U o'zining ilk jangida Milton Nunesdan ustun kelgandi. 

2018 yilda Janibek Egis Klimas bilan hamkorlik qila boshlaydi va afsonaviy Buddi Makgrit uning murabbiyiga aylanadi. Keyinchalik uning rekordi 2-0 bo'lishiga qaramay, Top Rank bilan shartnoma imzolashga muvaffaq bo'ladi. Top Rank Alimxonulining karerasini malakali va izchil targ'ib qildi. Bob Arum qo'l ostidagi to'rtinchi jangida qozog'istonlik bokschi WBC va WBO kamarlarini qo'lga kiritgan. Bu unvonlar orqali u reytingi yuqoriroq bo'lgan bokschilar bilan jang qilish imkoniyatiga ega bo'la boshlaydi. 2022 yilga kelib, mag'lubiyat nima ekanligini bilmay kelayotgan Denni Dignumga qarshi WBO’ning vaqtinchalik kamari uchun kechgan duelda jiddiy raqibni 2-raunddayoq nokautga uchratib, vaqtinchalik chempionga aylangan edi. Doimiy chempion Demetrius Andrade hisoblanardi, ammo u kamarni himoya qilishdan qochib, ikkinchi o'rta vaznga yo'l oladi. SHunday qilib, Janibek Top Rank bilan 10 ta jang va 4 yillik mehnatdan so'ng to'laqonli chempion bo'ldi.

Alimxonuli barcha kamarlarni o'zida jamlashni istardi, biroq raqiblar u bilan jang taklifini qabul qilmaydi. U Andrade, CHarlo, Mungia va Kanelolarni jangga chorladi. Hatto WBO kamari uchun majburiy davogarlar Liam Smit va Xayme Mungia ham jang qilishdan bosh tortishdi. SHu bois u qadar kuchli bo'lmagan Enzel Bentli va Stiven Batlerga qarshi ikkita himoya jangida qatnashib, ularni ortiqcha qiyinchiliksiz taslim etdi. O'rtamiyona janglardagi muvaffaqiyat uchun ham The Ring jurnali uni o'rta vazn toifasi reytingida ikkinchi o'riga joylashtirdi. Faqatgina Gennadiy Golovkin undan yuqori pog'onada edi. Janibekning “Qazaq Style” degan laqabi bor. U Golovkinga qaraganda serqirra va ayyor boks uslubiga ega. Alimxonquli ring markazini egallab, ikkinchi raqamda ishlaydi. U raqib zarba berishini kutib, o'zi qarshi hujum bilan javob qaytaradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing