29 dek 14:13
Yangiliklar
Boks/MMA
Kichik yoshli shogirdlari bilan tanilgan o'zbekistonlik MMA murabbiyi Mangu MMA 1 turnirida jang qiladi (POSTER)
2026 yilning 7 fevral kuni Toshkentdagi "Humo Arena" kompleksida aralash yakkakurash bo'yicha Mangu MMA 1 turniri tashkil etiladi.
Unda oktagonga chiqadigan yana bir hamyurtimiz malum qilindi. Instagram platformasida o'zining kichik yoshli shogirdlari bilan tanilgan Suhrob Mirzavaliev turnir doirasida chiqish qiladi.
28 yashar Mirzavaliev prof faoliyati davomida hozirgacha 7 ta jang o'tkazib, 6 g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan. U oxirgi jangini joriy yil fevral oyida GFC 30 turniri doirasida gruziyalik Nika Jakoniyaga qarshi o'tkazib, birinchi raunddayoq zafar quchgandi.
Avvalroq, Furqatbek Yoqubov, Xotambek Boynazarov kabi sportchilarimiz Mangu MMA bilan shartnoma imzolagani haqida xabar bergan edik.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar