31 avg 12:48
Yangiliklar
Boks/MMA

"Kichkinalar". Xabib Nurmagomedov Instagram sahifasiga surat qo'ydi
Engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Instagram sahifasiga yangi surat joyladi.
Ushbu suratda chempionlik kamarini ko'tarib olgan Xabib, uning ukalari Abubakar, Usman va Umarni ko'rish mumkin. CHempion surat ostiga "Kichkinalar" deb yozib qo'ygan.
Eslatib o'tamiz, amakivachchalar hisoblangan Xabib Nurmagomedov, Islam Maxachev, Abubakar Nurmagomedov va Umar Nurmagomedov bitta turnirda oktagonga ko'tarilishadi. Ushbu oqshom 24 oktyabr kuni bo'lib o'tadi. Xabib UFC 254 turnirining markaziy jangida vaqtinchalik chempion Jastin Getjiga qarshi oktagonga chiqadi.
Abubakar Nurmagomedovning raqibi hozircha malum emas. 24 yoshli Umar Nurmagomedov shu yilning yanvarida UFC bilan shartnoma imzolagan. Uning debyuti koronavirus pandemiyasi sabab bir necha marotaba ko'chirilgandi.
Havola :
Fikrlar