20 may 12:58
Yangiliklar
Sport kurashlari
Klassik kurashchilarimiz xalqaro musobaqalarga tayyorlanishmoqda
Yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Toshkent viloyatining Ugom dam olish maskanidagi bazada o'quv-mashg'ulot yig'inini olib bormoqda.
Ravshan Ro'ziqulov boshchiligidagi sportchilarimiz ushbu yig'in orqali kelasi oy bo'lib o'tadigan kattalar o'rtasidagi xalqaro turnir va Qirg'izistonda o'tadigan U-23 Osiyo chempionatiga hozirlik ko'rishmoqda.
Tarkibga Abror Ataboev, Aram Vardanyan, Jasurbek Ortiqboev, Jalgasbay Berdimuratov kabi etakchilar qatori yoshlar terma jamoasi vakillari ham jalb qilingan. Mashg'ulotlar 29 mayga qadar davom etadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar