28 iyu 07:42
Yangiliklar
"Klassiklarimiz" jahon chempionatini 4 ta medal bilan yakunlashdi, 1 tasi oltin!
Dunyo birinchiligining uchinchi kuni yunon-rum va ayollar kurashi bo'yicha bellashuvlar davom ettirildi. Biz uchun ahamiyatlisi, ikki kurashchimiz jahon chempionatining oltin medali uchun gilamga chiqdi. 45 kg vaznda kurashgan SHahzod Ro'zioxunov ukrainalik Evgen Pokovbaga 0-9 hisobida imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan taqdirlandi.
Quvonarlisi, 51 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Aytjan Xalmaxanov jahon chempioniga aylandi. U finalda eronlik Muhammadrizo Golamidan ustun (5-0) keldi va oltin medal sohibiga aylandi.
Xurshidbek Normuhammadov (55 kg) yaponiyalik Kohaku Kanazavani 5-4, Behruz Barnoev (65 kg) ozarbayjonlik Ali Alizodani 9-3 hisobida engib, jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo'ldi. Yunon-rum kurashchilarimiz jahon chempionatini 1 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan yakunlashdi.
Fikrlar